Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, mazkur ommaviy savdoda 4 nafar talabgordan “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali takliflar kelib tuşgan bölib, eng yuqori narxni Vip Logistics taklif qilgan.

Qayd etilişiça, Davaktiv oromgoh sotilişi haqida 2021 yil 7 oktyabrda e’lon bergan. Oromgoh xususiylaştirilgani haqida agentlik saytida 2022 yil 5 iyul kuni ma’lum qilingan. Xususiylaştiriş şartlari, xususan xaridor öz zimmasiga boşqa majburiyatlarni ham olgan-olmagani böyiça ma’lumot berilmagan.

Korxona va taşkilotlarning yagona davlat reyestriga köra, VIP Logistics kompaniyasi 2011 yilda Toşkentda röyxatga olingan, joriy ustav fondi qariyb 2,7 mln dollarni taşkil etadi. Faoliyat yönalişi – avtomobil transportida yuk taşiş.

Kompaniya 93 foiz hissasiga Harvest Industries L.P., 5,1 foiziga Şokirov Jamşid Abduğafforoviç, 1,9 foiziga Şokirov Abduğaffor Şokiroviç egalik qiladi. Rahbar sifatida Rahmatullayev Dilmurod Zokiroviç körsatilgan.

Buyuk Britaniyaning Kompaniyalarni röyxatga oliş palatasi (Companies House) saytidagi ma’lumotga köra, Harvest Industries 2012 yilda Şotlandiyada röyxatga olingan. Kompaniyaning katta nazoratiga ega şaxs sifatida Özbekiston rezidenti Tohir Ikromov körsatilgan.

Harvest Industries Özbekistonda töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqaruvçi, 2014 yilda röyxatga olingan “Big Bag Production” MÇJning 82,4 foiziga egalik qiladi. Şuningdek, böyoq va lak mahsulotlari işlab çiqariş bilan şuğullangan, ayni paytda tugatilgan “Lok Kolor Sintez” MÇJ QKning ham ta’sisçisi bölgan.

Jamşid Şokirov reyestrda noturar joy binolarini qurişga ixtisoslaşgan Rohat Plasteks kompaniyasining 100 foizlik ta’sisçisi sifatida qayd etilgan. U, şuningdek, gazni çuqur qayta işlaş orqali vodorod peroksidi işlab çiqariş, bu mahsulot böyiça import örnini töla qoplaş maqsadida