Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi
Qonunchilik palatasi navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “Davlat hisobidan yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
5 ta bob, 34 ta moddadan iborat qonun loyihasi bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tamoyillari, ushbu sohadagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlari, fuqarolar yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari belgilanmoqda.
Belgilanayotgan normalar bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatuvchi advokatlar reyestrini yuritish va unga advokatlarni kiritishning ochiq va shaffof mexanizmlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi.
Bildirilishicha, qonun loyihasi qabul qilinishi fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish va malakali yuridik yordam olishga bo‘lgan kafolatlarini kuchaytirishga, davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish shaffof tartibini joriy etish hamda davlat tomonidan ushbu maqsadda ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan samarali nazoratni o‘rnatishga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
11:04 / 07.01.2026
Advokatlar soni 2000 nafarga oshirilishi rejalashtirilmoqda
08:20 / 22.12.2025
Toshkentda advokat 2 ming dollar olayotganda ushlandi
08:50 / 18.12.2025