Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahalla faoliyatida faol ishtirok etayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar bo‘yicha kompensatsiya to‘lanadi
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha 150 ming so‘m miqdorida har oyda kompensatsiya pul to‘lovlari to‘lanadi.
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, bunda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etayotgan ko‘chaboshi va uyboshilar faoliyati samaradorligi bir qator asosiy ko‘rsatkichlar orqali baholanadi.
Mazkur shaxslar faoliyatini baholashda ular biriktirilgan ko‘cha yoki uyda kamida 3 oy davomida faoliyat ko‘rsatgani inobatga olinadi va mezonlardan kelib chiqqan holda 70 balldan yuqori ball to‘plagan taqdirda to‘lanadi.
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan fuqarolarni rag‘batlantirish tariqasida ularga kommunal xizmatlar uchun majburiy to‘lovlar bo‘yicha har oylik kompensatsiya pul to‘lovlari mahalliy budjetlar qo‘shimcha manbalari hisobidan Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tuman (shahar) bo‘limlari orqali to‘lanadi.
Mavzuga oid
08:58 / 09.04.2026
Mahallalarda xavfsizlikni ta’minlashda yangi model joriy etiladi
20:38 / 19.03.2026
Prezident mahalla tizimining bir guruh xodimlarini taqdirladi
14:46 / 10.02.2026
Mahallalarda tadbirkorlikni boshlash uchun 50 mln so‘mgacha garovsiz mablag‘ ajratiladi
15:31 / 24.01.2026