Odessa oblastining uçta portida RF bilan uruş boşlanişidan oldin yuklangan va Ukraina ğallasi bölgan 16 ta kema qolmoqda. Bu haqda Ukraina infratuzilma vaziri örinbosari Yuriy Vaskov 1 avgust, duşanba kuni DW’ga bergan intervyusida ma’lum qildi. U bu kemalar yaqin ikki hafta içida jönatilişi va tez orada yana uçtasi tovar uçun yetib kelişiga umid bildirdi.
1 avgust kuni Odessa portidan Ukraina doni bölgan birinçi yuk kemasi jönab ketdi. «Uşbu birinçi partiya butun bozorga Ukraina yana jahon oziq-ovqat dasturlarida iştirok etişiga va jahon oziq-ovqat xavfsizligi muvozanati tiklanişiga umid beradi. Demak, bu juda muhim», - dedi Odessa portining sobiq rahbari Vaskov DW bilan suhbatda.
Vazir örinbosari yuk taşuvçi kemalar soni «kun sayin ortib borişiga» umid bildirdi. Sentyabrga kelib, eksport hajmini oyiga 6 million tonnaga yetkaziş mumkin, deb hisoblaydi Yuriy Vaskov.
Uning aniqlik kiritişiça, Qora dengizda minalar portlaşi xavfi ostida xavfsizroq taşişni ta’minlaş uçun kemaga maxsus qayiq hamrohlik qilgan.
Makkajöxori ortilgan, Serra-Leone bayroği ostidagi Razoni kemasi 1 avgust kuni ertalab dengizga çiqdi. Ukraina infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakovning sözlariga köra, u Livanga ketgan, buni Turkiya Mudofaa vazirligi tasdiqlagan.
Istanbul don eksportini nazorat qiliş markazi ma’lumotiga köra, yuk kemasida 26 ming tonnadan ortiq makkajöxori olib ketilmoqda. Markaz, şuningdek, Razoni 2 avgust kuni Turkiya hududiy suvlariga yetib kelişi kutilayotganini bildirdi. Tekşiruvdan söng kema Tripoliga yöl oladi.
Ukraina QK Harbiy-dengiz kuçlari matbuot markazi ta’kidlaşiça, yuk kemasining ötişi sinov tarzida amalga oşirilayotgan bölib, u Qora dengizdagi «don yölagi» faoliyatini tekşirişga möljallangan. «Uşbu natijalarga köra, tegişli qarorlar qabul qilinadi», — deyiladi bayonotda.

















