14 yashar qizni jinsiy aloqaga undagan erkaklar muddatidan oldin ozod qilindi
Toshkentda 14 yoshli qizni jinsiy aloqa qilishga ko‘ndirgan uch erkak muddatidan avval ozod qilindi. Jinoyatchilardan biri 4 yillik qamoq jazosining 1 yilini, qolgan ikki nafari esa 2 yillik qamoq jazosining 6 oyini o‘tadi va shartli ravishda ozodlikka chiqarildi.

Foto: RIA Novosti
Toshkentda 14 yoshli maktab o‘quvchisini kvartiraga olib borib, jinsiy aloqa qilishga undagan uch erkak muddatidan oldin ozodlikka chiqarildi.
Nemolchi.uz loyihasi Bosh prokuraturadan olingan ma’lumotga tayanib xabar berishicha, jinoyatchilardan ikki nafari bor-yo‘g‘i yarim yil qamoqda o‘tirgan. Jinoyat tashkilotchisi, maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan erkak esa 12 oydan keyin ozodlikka chiqarilgan.
Jinoyatchilardan biri ayni paytda tibbiyot markazida registrator bo‘lib ishlayotgani, faoliyatida xususan bolalarga ham xizmat ko‘rsatayotgani aytilmoqda.
Voqea 2021 yil 27 aprelda ro‘y bergan. Shu kuni Toshkentdagi maktablardan birining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘z o‘quvchisini avvaldan ijaraga olingan kvartiraga olib borgan, u yerga ikki tanishini ham chaqirgan va ular qizni jinsiy aloqaga ko‘ndirgan.
Tergov bu jarayonda qiz qarshilik ko‘rsatmagan deb topib, jinoyatni guruh bo‘lib zo‘rlash moddasi emas, 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish moddasi bilan malakalagan. Ona bergan apellyatsiya ko‘rib chiqilib, rad etilgan.
2021 yil 11 noyabr kuni chiqarilgan sud hukmi bilan:
- jinoyat tashkilotchisi, muqaddam maktabda jismoniy tarbiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan, 1991 yilda tug‘ilgan X.A.X. JKning 128-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan 4 muddatga ozodlikdan mahrum etilgan; jazo muddati 2021 yil 4 maydan boshlab hisoblangan;
- 1993 yilda tug‘ilgan G.B.Sh. JKning 128-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan;
- 1994 yilda tug‘ilgan M.M.M. JKning 128-moddasi 1-qismi bilan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.
2022 yil may oyiga kelib, Toshkent viloyatidagi uchta sud mazkur shaxslarga nisbatan belgilangan jazoni yumshatgan:
- 4 yilga hukm qilingan X.A.X.ga nisbatan, jinoyat ishlari bo‘yicha Zangiota tumani sudining 2022 yil 7 maydagi qarori bilan, JKning 74-moddasiga asosan, jazoning o‘talmay qolgan 2 yil-u 11 oy 27 sutkasi oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan;
- 2 yilga hukm qilingan G.B.Sh.ga nisbatan, jinoyat ishlari bo‘yicha Olmaliq shahar sudining 2022 yil 12 maydagi qarori bilan, JKning 74-moddasiga asosan, jazoning o‘talmay qolgan 1 yil-u 5 oy 29 sutkasi oylik ish haqining 20 foizini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan;
- 2 yilga hukm qilingan M.M.M.ga nisbatan, jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron tuman sudining 12 maydagi qarori bilan, jazoning o‘talmay qolgan 1 yil-u 5 oy 29 sutkasi oylik ish haqining 15 foizini davlat foydasiga ushlab qolish sharti bilan axloq tuzatish ishlari jazosiga almashtirilgan.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Sloveniya iqtisodiyoti tarmoqlariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etish boshlanadi
Iqtisodiyot | 14:35
-
O‘zbekistonda eksklyuziv huquqlarga ega kompaniyalar reyestri e’lon qilindi
O‘zbekiston | 14:25
-
Parij: Jazoir 12 nafar fransiyalik amaldorni chiqarib yuboryapti
Jahon | 14:20
-
O‘zbekiston va Britaniya energetika xavfsizligini ta’minlashda hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 14:11
Mavzuga oid

15:52 / 01.04.2025
Toshkent viloyatida Howo, “ZIL”, Cobalt va Nexia to‘qnashdi

18:15 / 28.03.2025
Sud futbolchi Dani Alvesning 4,5 yillik qamoq hukmini bekor qildi

23:07 / 25.03.2025
Toshkent viloyatining ba’zi hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi

11:52 / 22.03.2025