«Barselona» bu yil yozda iqtisodiy muammolarini hal qilishga kirishdi. Klub prezidenti Joan Laporta bu «iqtisodiy dastaklar» orqali amalga oshirilishini aytib kelmoqda. 1 avgust kuni u uchinchi iqtisodiy dastak ishga tushirilgani va Barca Studios (audiovizual bo‘lim) sotilishini e’lon qildi.

Xaridor – Chillz kriptovaluta startapi asoschilari tomonidan ishga tushirilgan Socios.com saydcheyn-platformasi. Kompaniya NFT va tokenlarni sotishga ixtisoslashgan.

Socios Yevropa futbol klublari bilan hamkorlik qiladi. Masalan, fanatlar uchun mo‘ljallangan tokenlarning reklamasi «Inter» futbolkalaridan Pirelli reklamasini siqib chiqardi. Noyabr oyida Socios «Barselona» bilan ham shartnoma imzoladi – klub futbolkalari yengida kompaniya reklamasi paydo bo‘ladi.

«Barselona» Barca Studios bo‘limining 24,5 foizini 100 million yevroga sotmoqda. Bu shunchaki xarid emas, balki o‘zaro manfaatli sarmoya. Socios bilan hamkorlik tufayli Barselona blokcheyn va NFT bozorida tezroq rivojlanishni rejalashtirmoqda.

Uchinchi dastak tufayli «Barsa» yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi. Lekin bu aniq emas

Foto: Getty Images 

Barca Studios bo‘limining bir qismi sotilgach, klub barcha yangi kelganlar: Levandovski, Kessie, Kunde, Kristensen, Rafinya, Pablo Torre hamda shartnomasi uzaytirilgan Usmon Dembele va Serxi Robertoni ro‘yxatdan o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Hozircha La Liganing moliyaviy cheklovlari bunga xalaqit beryapti.

Lekin, hatto Laportaning o‘zi ham yangi kelganlarni ro‘yxatga olish shartlari bajarilganiga ishonchi komil emas:

«Moliyaviy feyr-pley (MFP) qoidalarini talqin qilish – oson ish emas. Raqiblarimiz undan o‘z maqsadlari uchun foydalanishadi. Umid qilamanki, MFP haqidagi tushunchamiz La Liga rahbariyatiniki bilan bir xil va biz yangi kelganlarni ro‘yxatdan o‘tkaza olamiz. Agar natija bermasa, boshqa yechim izlaymiz».

«Barselona» prezidenti klubning transfer kampaniyasi hali yakunlanmaganiga shama qildi. Lekin birinchi navbatda keraksiz futbolchilardan qutulish kerak.

Dastaklar nima? Dastlabkilari – televideniye huquqlaridan olinadigan daromadlarni sotish

Foto: Getty Images