Farğona neftni qayta işlaş zavodida işlab kelgan 48 yoşli H.S. 2 avgust kuni korxona oldida ustiga benzin quyib, öziga öt qöyib yuborgan.

Kun.uz Farğona viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Dilmurod Jumaboyevdan olgan ma’lumotga köra, ayolga zavod tibbiyot punktida birinçi yordam körsatilib, söng Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Farğona filiali Kombustiologiya bölimiga yotqizilgan.

Kun.uz boşqa manbasining sözlariga köra, 48 yoşli ayolning öziga öt qöyişiga işdan böşatilgani (yoki böşatilişi haqida ogohlantiriş olgani) sabab bölgan. Ayolning tanasi 75 foizgaça kuygani aytilmoqda.

Ayolning öz joniga qasd qilişga urinişi bilan boğliq holat viloyat hokimligi tomonidan nazoratga olingan. Holat viloyat hokimining birinçi örinbosari A.Örinboyev va viloyat prokurorining örinbosari B.Ismoilov boşçiligidagi işçi guruh tomonidan örganilmoqda.

Viloyat hokimining örinbosari Komila Kavlanova Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi viloyat filialida bölib, ayolning holidan xabar olgan.

Foto: Farğona viloyati hokimligi

Özbekiston boş prokurorining matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov mazkur holat yuzasidan Farğona şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv olib borilayotganini ma’lum qildi.