Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyatidagi asab-ruhiy kasalliklar şifoxonasida bir guruh bemorlar joy yöqligi va şifokorlarning e’tiborsizligi tufayli polda yotgani tasvirlangan video tarqaldi. Viloyat SSB holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Munosabatda keltirilişiça, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video 2022 yil 4 iyul kuni Kitob tumanidagi viloyat 2-asab-ruhiy kasalliklar dispanseri bolalar bölimida navbatçi sanitarka tomonidan tasvirga olingan.
2022 yil 5 iyul kuni dispanser jamoasining umumiy yiğilişida mazkur holat muhokoma qilinib, bemorlarning öz örniga yotişini ta’minlamasdan, nazoratsiz qoldirgan 4 nafar xodimga mehnat qonunçiligiga asosan intizomiy çora körilgan. Yiğilişda bunday holat boşqa takrorlanmasligi böyiça zarur çoralar belgilangan.

















