AQŞ prezidenti Jo Bayden 4 avgust, payşanba kuni Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasi uçun töqqiz yilga ozodlikdan mahrum etilgan amerikalik basketbolçi Brittni Graynerga çiqarilgan sud hukmini «qabul qilib bölmas» deb atadi.
«Bugun AQŞ fuqarosi Brittni Grayner qamoq jazosiga hukm qilindi, bu dunyo allaqaçon bilgan narsaning yana bir eslatişidir: Rossiya Brittnini nohaq uşlab turibdi. Bu qabul qilib bölmaydigan narsa, men Rossiyani u öz yaqinlari, döstlari va jamoadoşlari bilan birga bölişi uçun zudlik bilan ozod qilişga çaqiraman», deyiladi Baydenning Oq uy saytida e’lon qilingan bayonotida.
Prezident uning ma’muriyati «tinimsiz işlaşda davom etişi va Brittni hamda Pol Uilanni imkon qadar tezroq uyiga xavfsiz va soğlom qaytariş uçun barça imkoniyatlarni işga solişi»ni qöşimça qildi.
AQŞning RFdagi missiyasi rahbari örinbosari Elizabet Rud Graynerga hukm e’lon qilinganidan keyin bu «adolat xatosi» ekanini ma’lum qildi. Graynerni Ayollar milliy basketbol assotsiatsiyasi (WNBA)ning «Konnektikut San» va «Finiks Merkyuri» jamoalari ham qöllab-quvvatladi. Payşanba oqşomida navbatdagi muntazam çempionat uçraşuvi boşlanişidan oldin basketbolçilar bir daqiqalik sukut saqlaşdi.
4 avgust kuni Moskva oblastining Ximki şahar sudi Brittni Graynerni giyohvand moddalarni saqlaş va kontrabanda qilişda aybdor deb topib, töqqiz yilga ozodlikdan mahrum qiliş haqida hukm çiqardi hamda bir million rubl miqdorida jarimaga tortdi. Basketbolçining advokatlari apellyatsiya berilişini ma’lum qildi.
Greyner 2022 yilning fevralida Şeremetevoda hibsga olingan. Tergovga köra, tintuv çoğida uning bagajidan naşa yoği solingan veyp kartrijlari topilgan. Sportçi buni tan oldi, lekin u Rossiyaga taqiqlangan moddani ataylab olib kirmoqçi bölmaganini ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, u stress holatida narsalarni yiğiştirgan va kartrijlarni sumkasiga solganini eslay olmaydi. Grayner, şuningdek, giyohvand moddalarni faqat şaxsiy foydalaniş uçun işlatişini ta’kidladi.

















