Quroldan mahoratli otişni yoki raqibni yakson qilişni kör-körona örgatiş yaramaydi. Balki yoşlarga qurol-aslahalarni vatanparvarlik va yurt şa’ni uçun himoya vositasi sifatida tuşuntiriş kerak, deydi Mudofaa vazirligi huzuridagi “Vatan tayançi” harakati rahbari Bahrom Zulfiqorov.
7 noyabr kuni rasmiylar bilan uçraşgan prezident Şavkat Mirziyoyev çaqiriqqa qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari ştati Mudofaa vazirligiga ötişini ma’lum qildi hamda sohada yangiliklarni belgilab berdi. Mudofaa vazirligi huzuridagi Vatan tayançi bolalar va ösmirlar harbiy vatanparvarlik harakati rahbari, polkovnik Bahrom Zulfiqorov ÇQBT fanining ahamiyati, maktablarda bolalar örgatiladigan texnikalar va rejalar haqida Kun.uz'ga ma’lumot berdi.
«Bundan bir neça yil oldin maktablarda çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani yöq edi. Bir vaqtlar bu fan mavjud bölgan, lekin orada uziliş bölib qolgandi. Mana, hozir maktablarga qaytganiga ham qariyb uç yil bölib qoldi.
Bugungi kunda tizim uçun alohida, yagona özining dasturini muvofiqlaştiriş ehtiyoji sezildi. Çunki darslar öşa oldingi dasturlar talablariga mos ravişda qilingan edi va aniq yagona öquv qöllanmalari yöq edi. Bu fan böyiça vazifa qöyildi: öquvçilarga va ösmirlarga qanday öqitiş kerak, qaysi mavzular böyiça öqitişimiz kerak, degan masalalar hal qilinmoqda.
Hozirgi kunda çaqiruvga qadar boşlanğiç tayyorgarlik fani böyiça yagona öquv qöllanmasi va kitoblari işlab çiqişga kirişilgan. Bunda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi, şuningdek, Mudofaa vazirligining harbiy kadrlar tayyorlaş boşqarmasi bilan birgalikda aniq va mantiqiy dastur işlab çiqilmoqda.
Bugungi dunyodagi tezkor global şaroitda, har xil tahdidlar rivojlanganda va çegarasiz ta’sirlar dunyosida millatni saqlab qoliş va xalqlarning özligini saqlaş masalalari dolzarblaşdi. Bu dunyoda özini davlat sifatida saqlab qoliş uçun avvalo özining tarixini, an’analari va milliy qadriyatlarini saqlaş kerak. Bu hammaga ma’lum.

Aynan yuqori sinf öquvçilari ertaga jamoatga çiqadi. Ertaga ular talaba böladi, balki çet davlatlarda öqişi mumkin. Butun dunyoga, jahon musobaqalaridan yoki fan olimpiadalaridan çiqqan paytda, ular Özbekiston farzandi ekanligini, yurtiga taalluqli ekanligini namoyon qilişi kerak. Şu maqsadda harbiy vatanparvarlik yönalişida kuçliroq ta’sir ötkaziş nazarda tutiladi.
Ertaga maktablarni tamomlagan köp ösmirlar milliy armiyamiz saflariga keladi. Bugun davlatimiz va hukumatimiz tomonidan har qança zamonaviy qurollar va texnologiyalar bilan qurollantirilsak ham, agar uning qalbida vatan va milliy ğurur bölmasa, bunday yoşlar topşirilgan vazifani töliq his qilmaydi. Aslida, kerak bölsa jonini xatarga qöyib xizmat qilişga tayyor böladigan bölişi kerak. Şu maqsadda harakat qilinmoqda.
Bu dunyoda har narsa yoki predmet xohlagan maqsadda işlatilişi mumkin. Bunda ezgu niyat yölida, ruhan tetik hamda işonç bilan işlatişga örgatiladi. Aynan şu fan, vatanparvarlik yönalişidagi suhbatlar yoki ÇQBT maşğulotlarida yoşlarga qölida turgan qurolning jangovar tajribalardan ötganligi va sinovlarda sinalganligi örgatiladi.

Agar bu qurol duşman qöliga tegsa, tinç aholiga talafot yetkazişi mumkin. Biroq himoyaçi vatanparvar qölida bölsa, millionlab insonlarning hayotini saqlab qoliş uçun foydalanilişi mumkin. Şu orqali yoşlarning ongiga milliy armiyaning mavjud qurol va aslahalariga qanday munosabatda böliş, qanday foydalaniş kerakligini va ularni vatan himoyasi uçun vositasi sifatida işlatişni anglatiş kerak. Buni oddiy piçoqning oşxonada foyda keltiriş uçun ham yoki boşqalarga zarar keltiriş uçun ham işlatilişi mumkinligidan körişimiz mumkin.
Şunga köra, yoşlarning ongiga qurol-aslahalarni vatanparvarlik va yurt şa’ni uçun himoya vositasi sifatida işlatiş tuşunçasini singdirib boriş kerak. Şunçaki kör-körona undan mahoratli otişni örganiş yoki raqibni yakson qiliş tuşunçalarini örgatmaslik lozim. Bu juda muhim.

Agar mana şunday darslar bölmasa va unga ham ruhiy, ham ma’naviy maşğulotlarda ma’ruza öqilib, töğri örgatilmasa, qurolni qöliga olgan odam xavfli şaxsga aylanişi mumkin. Şuning uçun biz ularning qalbiga şunday kuçli işonç va ezguliklarni joylaştiramiz», — deydi Bahrom Zulfiqorov.
Eslatib ötamiz, joriy yil 7 noyabr kuni Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oşiriş böyiça taqdimot bilan tanişgan edi.
Uçraşuvda prezident fuqarolarning vatanparvar bölişida harbiy xizmatçilar, çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik fani öqituvçilari örnak bölişlari kerakligini ta’kidlagan. Şuningdek, endilikda çaqiriqqaça boşlanğiç tayyorgarlik öqituvçisi ştati Mudofaa vazirligiga ötişi hamda bu vazifaga Qurolli Kuçlar zaxirasidagi harbiylar işga qabul qilinişi ma’lum qilindi.
















