Ukrainadan millionlab tonna donni kemalarda olib çiqib ketiş qiyin, deydi Kil jahon iqtisodiyoti instituti (IfW) ekspertlari. Ukrainada saqlanayotgan 20 million tonna ötgan yilgi hosildan bölgan donni eksport qiliş uçun 570 taga yaqin kema jönatiş kerak, deydi ular. «Hozir ğalla örim-yiğimi qayta boşlanmoqda, uni saqlaş uçun zudlik bilan omborxonalar kerak, şuning uçun poyezdlar va yuk avtotransporti kabi boşqa transport imkoniyatlaridan töliq foydalaniş kerak», deya ma’lum qildi IfW Kil savdo indikatori rahbari Vinsent Ştamer 5 avgust, juma kuni.
22 iyul kuni Istanbulda BMT va Turkiya vositaçiligida RF hamda Ukraina örtasida kelişuv imzolangan bölib, uning maqsadi Ukraina portlari blokadasini tugatişdir. Taxminlarga köra, eksport Ukrainaning uçta porti - Odessa, Çornomorsk va Yujniydan amalga oşiriladi. Kelişuv tuzilganidan bir kun ötib, 23 iyul kuni Odessa porti Rossiya tomonidan raketa zarbalariga uçradi.
1 avgust kuni Ukraina doni bölgan birinçi yuk kemasi Odessa portidan jönab ketdi, ikki kundan söng u Istanbulda tekşirildi va Livanga yöl oldi. 5 avgust kuni Turkiya Mudofaa vazirligi Ukraina doni bölgan yana uçta kema dengizga yöl olgani haqida xabar berdi – Çornomorskda joylaşgan Polarnet va Rojen yuk kemalari mos ravişda Qorasuv (Turkiya) va Britaniyaning Tizportiga yöl oldi, Navistar esa Odessa portini Irlandiya uçun möljallangan makkajöxori bilan tark etdi. Bu kemalar bortida jami 58 ming tonnadan ortiq makkajöxori bor.
Ukraina rasmiylariga köra, ötgan yilgi hosilning 20 million tonnadan ortiği hali ham eksportga çiqarilişi lozim. Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi natijasida Ukraina Qora dengiz portlarining blokadasi yuzaga kelgani sababli bu imkonsiz bölib qoldi.

















