Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda xorijdagi o‘qishni ko‘chirib berish uchun 900 dollar olgan shaxs ushlandi
Andijon viloyati Izboskan tumanida fuqarolarning o‘qishini ko‘chirib berishni va’da qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Izboskan tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda fuqaro G.E. boshqa fuqarolar M. va T.ning qo‘shni Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasasidagi o‘qishlarini tanishlari yordamida Toshkent menejment va iqtisodiyot professional profil institutiga ko‘chirib berishni 3600 dollarga kelishib, oldindan 900 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Mavzuga oid
20:41 / 06.07.2026
SSV: Andijonda 5 nafar egizak dunyoga keldi
10:45 / 06.07.2026
Andijonda soxta «keshbek» sxemasi fosh etildi
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026