Suzuvchi shahar

Maldiv orollari poytaxti Male shahridan uncha uzoq bo‘lmagan hududdagi suv havzalarida 20 ming kishini sig‘dira oladigan suzuvchi shahar qurilmoqda.
Ushbu loyiha Gollandiyaning Waterstudio arxitektura firmasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, 2009 yilda boshlangan va 2027 yilgacha to‘liq yakunlanishi kutilmoqda.
Suzuvchi shaharda asosiy transport vositasi sifatida qayiqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan. Bu yerda mashinalar umuman bo‘lmaydi, ularning o‘rniga velosiped, elektr samokat va skuterlardan foydalaniladi.
Qurilayotgan suzuvchi shahardagi ko‘chmas mulk narxi 150 ming dollardan 250 ming dollargacha baholanmoqda. Ilk xaridorlar 2024 yilda orolga ko‘chib o‘tishlari mumkin bo‘ladi.
Dunyodagi eng yengil noutbuk

Yaponiyaning Fujitsu kompaniyasi og‘irligi 634 grammga teng Lifebook WU-X/G2 noutbukini taqdim etdi.
Noutbukning displeyi 13 dyuym bo‘lib, qurilmaga Intel Core i5-1235U yoki i7-1255U protsessori o‘rnatilgan. Fujitsu Lifebook noutbukining tezkor xotirasi 32 GB, ichki xotirasi esa 256 GBdan 2 TBgacha yetkazilishi mumkin. U Bluetooth 5.1 va Wi-Fi 6 simsiz modullari, SD-kartalar uchun tirqish va veb-kamera bilan jihozlangan.
Noutbuk korpusi uglerod tolasidan ishlangan. U Windows 11 operatsion tizimida ishlaydi.
Fujitsu Lifebook WU-X/G2 bazaviy modeli narxi 1,3 ming dollardan boshlanadi.
“Aqlli” ko‘zoynak





















