Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yil boshidan beri iste’molchilarga 40 mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
2022 yil o‘tgan davrida 2 milliondan oshiq iste’molchi huquq va manfaati buzilgan. Yetkazilgan zarar miqdori – 40 mlrd so‘m. Bu haqda Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi axborot xizmati rahbari Mohruxsor Tog‘ayeva ma’lum qildi.
Mohruxsor Tog‘ayeva / Foto: AOKA
Qayd etilishicha, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligiga shu vaqtga qadar iste’molchilardan 12 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
Ularning 40 foizi uy-joy kommunal, qurilish va transport xizmatlariga to‘g‘ri kelsa, 38 foizi savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlari, 16 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga to‘g‘ri keladi.
Hozirga qadar agentlik sa’y-harakati bilan iste’molchilar foydasiga 24,5 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ qayta hisob-kitob qilib berilgan. Qolgan mablag‘larni iste’molchilarga qayta hisob-kitob qilish choralari ko‘rilmoqda.
Iste’molchilik huquqlari va manfaatlari buzilgan holatda agentlikka 1159 qisqa raqami hamda sonsumer.uz sayti orqali murojaat qilish mumkin.
Mavzuga oid
19:59 / 27.01.2026
Tarif rejasini o‘zgartirish bepul – Mobil aloqa xizmati qoidalari o‘zgartirildi
14:04 / 06.01.2026
Buxoroda AI-95 deb sotilgan benzin avtomobilni buzib qo‘ydi
13:28 / 17.12.2025
Raqobat qo‘mitasi o‘quv markazlarini ogohlantirdi (ro‘yxat)
16:18 / 02.12.2025