Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 9 avgust kuni Hindistonning Çennay şahrida şaxmat olimpiadasi çempioni bölgan özbek yigitlarini telefon qilib qutladi. Suhbat videosini prezident matbuot xizmati e’lon qildi.
Davlat rahbari bilan telefonda jamoa nomidan Jahongir Vohidov gaplaşdi. Prezident ularni ğalaba bilan özi va Özbekiston xalqi nomidan qutladi.
“Özingni ham oltin medal bilan tabriklayman. Nodirbek, Javohir, Şamsiddinni ham mening nomimdan özing tabriklab qöy. Xudo xohlasa, Özbekistonda kutib olamiz, körişamiz. Tariximizda juda katta iz qoldirib, özbek millati nimaga qodir ekanini yana bir marta namoyon etdilaring.
Juda xursandman, kayfiyatimga kayfiyat qöşildi. Butun xalqimiz sizlarni olqişlayapti. Özbekistonda bugun katta bayram, tarixiy bayram”, – dedi Şavkat Mirziyoyev.


Prezident yoş şaxmatçilarning katta-katta jamoalar bilan muvaffaqiyatli öyinlarini e’tirof etdi. “Niderlandiya bilan öyinlaringni körib qoyil qoldim. Xalqimiz nomidan tabriklayman, ğalabalar muborak bölsin. Iloyim oxirgisi bölmasin”, – dedi u.
Davlat rahbari 2026 yilgi şaxmat Olimpiadasini Özbekistonda ötkazişga tayyorgarlik hozirdan boşlanişini aytdi.
“Tayyorgarlikni hozir sizlar boşlab berdilaring. Butun dunyo qoyil qoldiki, endi ular ham kelajakda Özbekistonga kelişga tayyorgarlik köradi. Lekin biz undanam yaxşi tayyorgarlik qilamiz”, dedi prezident.

Şavkat Mirziyoyev qizlar terma jamoasi a’zolari va murabbiylarga ham prezidentning taşakkurini yetkazib qöyişni söradi va “Davay” deya göşakni qöydi.
Eslatib ötamiz, bu Özbekiston tarixida erişilgan şaxmat olimpiadasining ilk çempionligi böldi.


















