Farğona neftni qayta işlaş zavodi 32-sexning 1-ta’mirlaş-quriliş uçastkasi böyoqçisi Sanobarxon Haydarova joriy yil 2 avgust kuni ertalab soat 08:30 lar çamasida zavodning 1-sektoriga kiriş yölagida ustidan benzin quyib, olov yoqib, öz joniga suiqasd qilgandi. Şifoxonaga yotqizilgan Haydarova körsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 10 avgust kuni soat 7:00larda vafot etgan. Bu haqda Sanoat energetika guruhi matbuot xizmati rahbari Igor Gusenkov Kun.uz’ga ma’lum qildi.
Dastlabki tibbiy ma’lumotga köra, bemorda alangadan (suitsid) boş, yuz, böyin, qorin, ikkala qöl yelka, bilak, kaft, barmoq, ikkala kurak, ikkala dumba, ikkala son sohalarining II – III AB darajali 70 % termik kuyişi, kuyiş karaxtligi oğir daraja; yuqori nafas yöllarining I – II darajadan termik kuyişi qayd etilgan.
Sanobarxon Haydarovaning umumiy ahvoli öta oğir deya baholangan. Bemor şifoxonada 8 kun mobaynida infuzion terapiya, oqsil örnini bosuvçi suyuqliklar, bir xil guruhdagi qon zardobi (sinama bilan), antibakterial, davo, garmonal terapiya, oğriq qoldiruvçi, O2 terapiya, mazli asseptik boğlam va simptomatik terapiya qilingan.
Yuqorida körsatilgan yordamlarga qaramasdan bemorda 10 avgust kuni soat 7:05 da biologik ölim holati qayd etilgan. Murda sud-medekspertizaga tekşiruvga yuborilgan.
Kun.uz’ga taqdim qilingan ma’lumotda aytilişiça, zavod marhumaning dafn hamda şu bilan boğliq ma’raka marosimlarini ötkaziş uçun barça xarajatlari töliq qoplanişi, jamoa şartnoma asosida oila a’zolariga, eng kam iş haqining 4 barobari miqdorida moddiy yordam ajratilişi, qaramoğida bölgan baloğat yoşidagi farzandlariga öqiş va ta’lim oliş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun zarur moddiy yordam ajratilişi xamda zaruriyat bölganda xayotda öz örnini topişida amaliy yordam beriş vazifalarini öz zimmasiga olgan.
Eslatib ötamiz, mazkur holat yuzasidan Farğona şahar prokuraturasi tergovga qadar tekşiruv harakatlarini olib bormoqda.
















