Senat Oliy sud va Konstitutsiyaviy sud sudyaligi uchun prezident taqdim etgan nomzodlarni tasdiqladi
Oliy sud raisi lavozimida ishlab kelgan Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi. Uning nomzodi Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga ham qo‘yilgandi.

Foto: Oliy Majlis Senatining axborot xizmati
10 avgust kuni videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining o‘ttizinchi yalpi majlisida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan taqdim qilingan nomzodlar lavozimga tasdiqlandi.
Xususan, Oliy sud raisi lavozimiga Baxtiyor Jahongirovich Islomov nomzodi tasdiqlandi.
Ma’lum qilinishicha, Oliy sud raisi lavozimida ishlab kelgan Kozimjon Komilov salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ozod etishni so‘rab murojaat qilgan. Senat yalpi majlisida uni lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti tomonidan taqdim etilgan Konstitutsiyaviy sudning yangi tarkibi Senat yalpi majlisida muhokama qilinib, senatorlar tomonidan ma’qullangan nomzodlar yuzasidan Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Bunda yangi saylangan tarkib Konstitutsiyaviy sudning amaldagi tarkibi o‘z faoliyatini yakunlaganidan so‘ng ishga kirishishi belgilandi.
Senat axborotida Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga saylangan shaxslarning ism-familiyalari keltirilmagan.
Konstitutsiyaviy sud sudyaligiga prezident tomonidan quyidagi nomzodlar taqdim qilingan edi:
- Balkibayeva Janagul Ismoilovna;
- G‘afurov Asqarjon Boyisovich;
- Davletova Karomatjon Xudoybergenovna;
- Ismaylov Raxat Aminbayevich;
- Rahimov Abdumannob Qo‘ziyevich;
- Rahmonov Akmal Ergashevich.
Shuningdek, salomatligi tufayli o‘z xohishi bilan egallab turgan lavozimidan ketgan Oliy sud raisi Kozimjon Komilov Konstitutsiyaviy sud sudyasi lavozimiga taqdim qilingandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Konstitutsiyaviy sudiga 2021 yil fevralidan buyon Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov raislik qilib kelayotgandi.
Tavsiya etamiz
Isroil–Eron urushining Markaziy Osiyo uchun geosiyosiy mezonlari qanday?
Jahon | 22:13 / 18.06.2025
Klublar o‘rtasidagi JChda ko‘pchilikka notanish bo‘lgan 11 iste’dod. Kimlar turnir kashfiyoti bo‘lishi mumkin?
Sport | 20:34 / 18.06.2025
Yana yuzlab odam aldangan: Alfa va Baraka avtolizing sudidan reportaj
Jamiyat | 11:25 / 18.06.2025
Isroil eronliklar tuzumga qarshi isyon ko‘tarishiga umid qilmoqda. Buning ehtimoli bormi?
Jahon | 20:00 / 17.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Rus askari qadami yetgan joylar bizniki» - Putin xalqaro forumda nutq so‘zladi
Jahon | 21:34
-
ChatGPT yangi versiyalari biologik qurol yaratishni soddalashtirishi mumkin
Fan-texnika | 21:08
-
Yevropa davlatlari Eron bilan Isroilni tinchlantirishga harakat qiladi
Jahon | 20:25
-
O‘zbekiston Rossiya bilan katta AES masalasida bitim imzoladi
O‘zbekiston | 19:45
Mavzuga oid

23:37 / 01.05.2025
Payariq hokimining ta’qibi ortidan qamalgan tadbirkorni Oliy sud ozod qildi

16:21 / 30.04.2025
Oliy sud tarkibiga o‘zgartirish kiritildi

20:07 / 22.04.2025
2025 yil birinchi choragida 4,7 ming kishi ozodlikdan mahrum qilindi

20:44 / 27.02.2025