Şengen davlatlari rossiyaliklarga turistik viza berişni töxtatişi kerak, dedi Estoniya boş vaziri Kaya Kallas.
«Rossiyaliklarga sayyohlik vizasi berişni töxtating. Yevropaga boriş – inson huquqi emas, imtiyozdir. Rossiyaga aviaqatnovlar töxtagan. Demak, Şengen davlatlari viza berayotganda, Rossiyaning qöşnilariga (Finlandiya, Estoniya, Latviya – quruqlik orqali Yevropaga kiriş nuqtalari) oğir bölyapti. Endi Rossiyadan turizm oqimini töxtatiş vaqti keldi», deb yozdi u tvitterda.
Sobiq prezident, Rossiyaning sobiq boş vaziri, hozirda Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengaşi rahbari örinbosari Dmitriy Medvedev bunga özining sönggi bayonotlariga mos keladigan ibora bilan javob berdi: «Sizning ozodlikda bölişingiz – bunga loyiq ekaningizda emas, balki yaxşi işlamaganingiz oqibati».
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytişiça, «köp davlatlar özlarini nodöstona tutib, 80 yil oldin Yevropa markazidan tarqalgan bayonotlarni bermoqda». Uning fikriça, «vaqt ötişi bilan soğlom fikr baribir ustun keladi va bunday gaplarni aytganlar öziga kelib oladi».
Finlandiya ham Rossiya turizmini töxtatiş tarafdori
Finlandiya boş vaziri Sanna Marin ham Kallasni qöllab-quvvatladi. Uning sözlariga köra, Yevropa kengaşi uruş tugamagunça Rossiya turizmiga qarşi sanksiyalar qöllaş masalasini körib çiqişi mumkin edi.
«Rossiya Yevropada tajovuzkor va şafqatsiz uruş olib borayotgan bir paytda, rossiyaliklar xuddi heç narsa bölmagandek Yevropaga sayohat qilişlari notöğri. Bu adolatsizlik. Rossiyaliklar Finlandiya orqali boşqa mamlakatlarga dam oliş uçun bormoqda, bizdan bekat sifatida foydalanmoqda. Bu masalani hukumatda muhokama qilyapmiz va diskussiya davom etadi. TIV bu holatga oydinlik kiritmoqda, biroq bu muayyan huquqiy masalalarga borib taqaladi», dedi u Yle naşriga bergan intervyusida.
Marin aytganidek, Finlandiyada rossiyalik sayyohlarning xatti-harakatlarini çeklaydigan qonunlar yöq. Ammo mamlakat vizalar sonini tartibga solişi mumkin, ya’ni amalda mamlakat hududiga kirişni bilvosita çeklaşi mumkin.
Finlandiya Taşqi işlar vazirligi vakili Yussi Tannerning sözlariga köra, Finlandiya rossiyaliklarga viza berişni allaqaçon çeklab qöygan. Çunki hozirda viza uçun arizani faqat onlayn topşiriş mumkin. Bunday çora pandemiya davrida joriy qilingandi, ammo uruş tufayli amalda qoldirildi.
Avgust oyi oxirida rossiyaliklarga Şengen vizalarini beriş masalasi YeI taşqi işlar vazirlarining norasmiy uçraşuvida muhokama qilinadi, deb yozdi Yle.



















