Kelasi haftadan boşlab Estoniya Şengen vizasiga ega rossiyaliklarning mamlakatga kirişini taqiqlaydi. Bu haqda Estoniya taşqi işlar vaziri Urmas Reynsalu ma’lum qildi.

Reynsaluning sözlariga köra, vizalar amal qilişda davom etadi, ammo mamlakatga kelayotgan rossiyaliklarga qarşi sanksiya qöllaniladi – ularga Estoniyaga kirişga ruxsat berilmaydi. Çeklovlar 18 avgustdan kuçga kiradi.

Faqat diplomatik vakolatxonalar xodimlari, xalqaro yuk taşiş bilan şuğullanuvçilar, Estoniyadagi qarindoşlarinikiga kelayotganlar va YeI böylab erkin harakatlaniş huquqiga ega şaxslarga istisno qilinadi.

Reynsaluning ta’kidlaşiça, çeklovlar Şengen vizasi Estoniya tomonidan berilgan rossiyaliklarga taalluqli bölib, Şengen kelişuvidagi boşqa mamlakatlar bergan vizalarga tegişli emas.

Avgust boşlarida Latviyaning Rossiyadagi elçixonasi rossiyaliklarga har qanday turdagi vizalar berilişi noma’lum muddatga töxtatilişini ma’lum qilgandi.