Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi xizmati vakillari iştirokida ötkazilgan matbuot anjumanida endokrinologik kasalliklar oldini oliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Qayd etilişiça, dunyo böyiça 665 milliondan ortiq odam endemik böqoq va qalqonsimon bezning boşqa kasalliklaridan aziyat çekmoqda. 1,5 milliard inson esa yod tanqisligi xastaliklari rivojlaniş xavfiga ega. 

Tadqiqotlarga köra, fuqarolar tomonidan kunlik örtaça yod iste’moli sezilarli darajada kamaygan bölib, bor-yöği 32-64 mkg.ni taşkil etmoqda (zarur bölgan minimal miqdori esa – 150-200 mkg).

Yodlaş uçun iste’mol qilinadigan tuz namunalari tahlili hududlarda iste’mol qilinayotgan 10 foizdan 53,3 foizgaça oş tuzining tarkibida yod miqdori kamligi aniqlandi.