Bugun, 12 avgust kuni Farğona avtoşohbekatidan Uzautotrans service korxonasiga tegişli Yutong rusumli avtobus Farğona – Samarqand yönalişida ilk texnik qatnovni amalga oşiriş uçun yölga çiqdi. 

Transport vazirligi Farğona viloyati transport boşqarmasi mutasaddilari hamda bir guruh viloyat faollari va nuroniylar uşbu qatnov ilk yölovçilari sifatida manzilga yetkaziladi. 

Farğona – Samarqand yönalişida ilk texnik qatnov Tojikistonning Söğd viloyati Xöjand şahri orqali tranzit amalga oşirilmoqda. 

Farğona – Samarqand avtobus yönalişi masofasi 618 km bölib, mazkur masofani bosib ötiş uçun 12 soat 50 daqiqa sarflanadi.

Bundan oldin Sirdaryodan Tojikiston orqali Farğonaga avtobus qatnovi yölga qöyilişi xabar berilgandi.