Rossiya bilan havo aloqasi töxtatilgandan söng, Boltiqböyi mamlakatlariga, şu jumladan Estoniyaga Rossiyadan avtobuslar qatnovi köpaydi. Rossiyaliklar bu mamlakatlarni Yevropa Ittifoqiga boradigan asosiy yönalişlardan biriga aylantirişdi. Endi esa Estoniya Rossiya fuqarolarining aksariyati uçun uşbu yönalişni yopmoqçi.

Estoniya Şengen vizasiga ega Rossiya fuqarolariga öz hududiga kirişni taqiqlaşga qaror qildi. Estoniya taşqi işlar vaziri Urmas Reynsaluning ma’lum qilişiça, qaror kelasi hafta, 18 avgust kuni kuçga kiradi.

Faqat Estoniya fuqarolarining yaqin qarindoşlari, mamlakatda röyxatdan ötganlar, diplomatlar va ularning oila a’zolari, transport kompaniyalari xodimlari, şuningdek, gumanitar sabablarga köra kirganlar uçun istisno qilinadi. Taqiq Yevropa ittifoqi qonunlariga köra erkin harakatlaniş huquqiga ega bölgan odamlarga taalluqli emas.

Şuningdek, Estoniyaga boşqa Şengen davlatlari tomonidan berilgan vizalar bilan ham kiriş mumkin böladi. Estoniya hukumati keyinçalik har qanday Şengen vizasiga ega rossiyaliklarning mamlakatga kirişini taqiqlaşni muhokama qilmoqçi.

«Rossiya fuqarolarining Estoniyaga yoki u orqali Yevropaga ommaviy boriş imkoniyati biz kiritgan sanksiyalar ruhiga töğri kelmaydi», dedi mamlakat taşqi işlar vaziri. Uning sözlariga köra, Rossiyada «öz fuqarolari darajasida normal xalqaro hayotni davom ettiriş imkoniyati» bölmasligi kerak.

Vazirning qöşimça qilişiça, Estoniya işlaş, öqiş va biznes uçun vizalar berişni töxtatadi. Estoniya oliy öquv yurtlarini tugatgan talabalarning yaşaş uçun ruxsatnomasi bir yilga uzaytiriladi.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirgaç, Estoniya Yevropa Ittifoqining ayrim davlatlari bilan birga Rossiya fuqarolariga turistik viza berişni töxtatdi. Mamlakat rasmiylari rossiyaliklarga Yevropa Ittifoqi darajasida viza berişning töliq taqiqlanişini qöllab-quvvatlamoqda.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi Estoniya rasmiylarining qaroriga hozirça izoh bermadi. Federatsiya Kengaşining xalqaro siyosat böyiça qömitasi rahbari Grigoriy Karasin Estoniyaning xatti-harakatlarini izohlar ekan, mamlakat «ijobiy xislatlari yetarli bölmagan, tarixiy norasolik» tufayli şunday qadam taşlaganini aytdi.

Estoniyaga qöşni davlat Latviya ham 11 avgust kuni YeI a’zolarini Rossiya fuqarolariga sayyohlik vizalari berişni zudlik bilan töxtatişga çaqirdi. Avvalroq, Latviya Seymi Rossiyani terrorizmni qöllab-quvvatlovçi davlat deb e’lon qilgandi. Seym, şuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlarini Rossiya va Belarus fuqarolariga kiriş vizasi berişni çeklaşga çaqirdi.