Xabaringiz bor, mamlakatimizda işlab çiqarilayotgan elektr energiyasining 85 foizga yaqini issiqlik elektr stansiyalari va markazlari hissasiga töğri keladi. Demakki, soha xodimlari tomonidan kuz-qiş mavsumida aholining elektr va issiqlik energiyasiga bölgan talabini qondiriş va mavsumni betalafot ötkaziş maqsadida tizimli çora-tadbirlar amalga oşirilmoqda.

 

Rejaga köra, tizim korxonalarida  jami 30 ta, şu jumladan, 12 ta energoblok, 1 ta turboagregat, 9 ta qozonagregati, 7 ta buğ-gaz qurilmasi, 1 ta gaz-turbina qurilmasida ta’mirlaş işlari amalga oşirilişi közda tutilgan edi. Ammo elektr stansiyalarning barqaror işlaşini ta’minlaş maqsadida olib borilgan işlar joriy yilning 1 iyul holatiga köra ortiği bilan bajarildi.  

Birgina mukammal va joriy ta’mirlaş jadvaliga asosan bugungi kunga qadar 54 ta energoblok, 31 ta qozonagregati, 6 ta turbogenerator va 8 ta buğ-gaz qurilmalari ta’mirlandi. Şu kunga qadar 35-110-220-500 kV kuçlanişli kuç transformatorlarida 65 ta joriy va mukammal ta’mirlaş işlari, 35-110-220-500 kV kuçlanişli 290 ta öçirgiç (havoli, moyli, elegaz), ajratgiç, ölçov transformatorlari, releli himoya hamda avtomatika qurilmalarida kapital va joriy ta’mirlaş işlari amalga oşirildi. Mazkur yönalişdagi joriy va mukammal sozlaş işlari davom etmoqda.

Ta’mir sifatli bajarilişini ta’minlaş maqsadida elektr stansiyalari mutaxassislari qatorida “Özbekenergota’mir” AJ va “Özenergosozlaş” MÇJning malakali mutaxassislari hamda Rossiyaning “Silovyye maşiny”, “Kalujskiy turbinnyy zavod” va “Taganrogskiy kotelostroitelnyy zavod”, Yaponiyaning “Mitsubishi Hitachi Power Systems” konsorsiumi vakillari ham jarayonga jalb etildi.