Vazirlar Mahkamasining “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati huzurida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish markazi tashkil etiladi.

Belgilab qo‘yilishicha:

  • markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirishga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi hisoblanadi;
  • markaz faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlar budjet mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
  • markaz faoliyatini moliyalashtirish davlat budjeti mablag‘lari, markaz xo‘jalik faoliyati va shartnomalar asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlari, jismoniy va yuridik shaxslar homiylik xayriyalari, xalqaro moliya tashkilotlari grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
  • markaz direktori va o‘rinbosarlari Sanitariya-epidemiologiya xizmati boshlig‘i tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Quyidagilar markaz asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • canitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish;
  • sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlar kasbiy va ma’naviy-axloqiy saviyasini oshirish;
  • sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasidagi kadrlarni qayta tayyorlash va ular malakasini oshirish jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, o‘qitish samarali shakllari va usullarini joriy etish;

biologik xavfsizlik sohasida kadrlar salohiyatini mustahkamlash va mutaxassislarni tayyorlash tizimini takomillashtirish, jumladan:

  • toksikolog, profpatolog, epidemiolog, bakteriolog, virusolog, parazitolog, entomolog va epizootolog kabi mutaxassislarni tayyorlash mexanizmlarini takomillashtirish va nufuzini oshirish;
  • biologik jihatdan xavfli obektlardan foydalanishda biologik xavfsizlikni ta’minlash uchun kadrlar, ma’muriy-texnik xodimlarni tayyorlash darajasini oshirish;