Don ortilgan yana ikkita kema Ukrainaning Çornomorsk portidan jönab ketdi. Ukraina va RFning Turkiya bilan kelişib olgan «don yölagi» doirasida Barbados bayroği ostidagi Fulmar S va Marşall orollari bayroği ostidagi Thoe yuk kemalari jönab ketdi, deb xabar qildi Turkiya Mudofaa vazirligi 13 avgust, şanba kuni Twitter’da. 12 ming tonna makkajöxori bölgan birinçi kema Iskenderunga, ikkinçisi - 3 ming tonna kungaboqar uruği bölgan kema Tekirdoğga yöl oldi, deyiladi ma’lumotda.
Şu bilan birga, Turkiya mahkamasi kun davomida Ukrainaga yangi don partiyasini sotib oliş uçun kema jönaşi kutilayotganini ma’lum qildi.
Keça Çernomorsk va Yujniydan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlari bölgan yana ikkita kema çiqib ketib, Turkiya va Eronga yöl oldi. Umuman olganda, avgust oyi boşidan beri Ukraina Qora dengiz portlarini 16 ta kema tark etdi, ular uruşdan vayron bölgan mamlakatdan 450 ming tonnaga yaqin oziq-ovqat olib çiqdi. 1 avgust kuni qişloq xöjaligi mahsulotlarini olib çiqqan birinçi kema Odessadan jönab ketdi. Serra-Leone bayroği ostidagi, jöxori ortilgan Razoni quruq yuk kemasi Livanga yöl oldi va ertasi kuni Istanbulda tekşiruvdan ötdi.
Iyul oyi oxirida Istanbulda Rossiya va Ukraina BMT rahbari Antoniu Guterriş vositaçiligida uruş boşlanganidan beri dengiz portlarida tösib qöyilgan millionlab tonna Ukraina ğallasini eksport qiliş muammosini hal qiliş böyiça kelişuvlarni imzoladi. Rossiya va Ukraina örtasidagi kelişuv birgalikda tuzilmagan, aksinça, tomonlarning har biri Turkiya va BMT bilan alohida hujjat imzolagan. Şartnoma imzolanganidan bir kun ötmasdan Rossiya Odessa dengiz portiga raketa hujumini amalga oşirdi.

















