Vaşingtonda AQŞ Kongressi binosi yaqinida erkak kişi maşinasida panjaraga kelib urilib, havoga bir neça marta öq uzdi, keyin öz joniga qasd qildi. Bu haqda 14 avgust, yakşanba kuni Kapitoliy politsiyasi xabar berdi.

Hodisa soat 04:00 dan keyin şahar markazidagi East Capitol Street va Second Street köçalari tutaşgan joyda sodir bölgan.

Erkak kişi maşinasidan tuşayotgan paytda avtomobil yonib ketgan. 

Öq ovozlarini eşitgan huquq-tartibot idoralari xodimlari zudlik bilan reaksiya bildirdi va erkakka yaqinlaşişga urindi, biroq u özini otib taşladi. Jarohatlanganlar yöqligi aytiladi. AQŞ Kongressi işida hozir yozgi ta’til vaqti bölib, binoda deyarli xodimlar bölmagan.

Kolumbiya okrugi politsiya boşqarmasi tekşiruvni öz zimmasiga oldi. Hujum qilgan erkakning şaxsi va uning maqsadi aniqlaştirilmoqda. 

Hujum butun huquq-tartibot idoralari mamlakat böylab tahdidlar soni ortib borayotganiga duç kelgani, federal amaldorlar esa hukumat binolariga hujumlar bölişi mumkinligi haqida ogohlantiruv berilgan bir paytda sodir böldi, deya aniqlik kiritgan AP agentligi. Keskinlikning kuçayişi Federal qidiruv byurosi (FQB) sobiq prezident Donald Trampning Florida ştati Mar-a-Lago şahridagi qarorgohiga reyd ötkazgan paytga töğri keldi. 

Hujum 2021 yilning aprel oyida Kapitoliy politsiyasining ikki zobitining maşinasi tomonidan urib ketilganiga öxşaş voqeani eslatadi, deya ta’kidladi AP agentligi. 

AQŞda oraliq saylovlar 2022 yil 8 noyabrda bölib ötişi rejalaştirilgan. 

Avvalroq, 1 avgust kuni Texas ştatida yaşovçi Gay Reffit 2021 yil yanvarida Kapitoliyga hujum uyuştirgani uçun eng uzoq muddatga – yetti yil-u uç oyga qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Hukmni Kolumbiya okrugi sudyasi Dabni Fridrix çiqardi. 

Texaslik harbiylaşgan radikal öng guruh a’zosi bölgan. Mart oyida u Kapitoliyga öqotar qurol olib kirib, politsiya xodimlariga hujum amalga oşirgani va tergovga tösqinlik qilganlikda ayblangan. Bundan taşqari, Reffit öğli va qiziga tahdid qilib, huquq-tartibot idoralariga murojaat qilmaslikni talab qilgan. 

2021 yil 6 yanvarda Vaşingtondagi mitingda nutq sözlaganidan söng AQŞ prezidentlik saylovlarida mağlub bölgan Donald Trampning radikal tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi, u yerda Senat va Vakillar palatasi qöşma yiğilişi iştirokçilari saylov natijalarini ma’qullayotgan bölgan. Namoyişçilar binoga bostirib kirişga muvaffaq böldi, Kongressdagi munozaralar bir neça soatga töxtatildi, qonun çiqaruvçilar evakuatsiya qilindi.