AOKAda o‘tkazilgan brifingda Oliy sud axborot xizmati rahbari Aziz Obidov sudga murojaat qilishni yanada erkinlashtirishga qaratilgan yangi qonun loyihalari haqida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlik sub’yektlari apellyatsiya shikoyati berish muddatini ham olti oyga uzaytirish taklif qilinmoqda.
Fuqarolar tomonidan davlat xizmatlarini ko‘rsatishga vakolatli idoralar xatti-harakatlari ustidan ma’muriy sudlarga beriladigan arizalar uchun undiriladigan davlat boji miqdorini kamaytirish ko‘zda tutilgan.
Amaldagi qonunlarga kiritilishi taklif etilayotgan o‘zgartish va qo‘shimchalar davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jismoniy va yuridik shaxslar buzilgan huquq va manfaatlari sudlar orqali himoya qilinishi imkoniyatini kengaytirishga xizmat qiladi.















