Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Qudbiyev chempionlardan biri, xalqaro grossmeyster Nodir Yoqubboyevning otasi, Hazorasp tumani davlat soliq inspeksiyasi xodimi Murod Iskandarovga navbatdagi unvonni topshirdi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi g‘alaba bilan Nodir hamda uning ota-onasini tabriklab, barcha soliqchilar Murod Iskandarovdan o‘rnak olishi lozimligini ta’kidladi. 

Davlat soliq qo‘mitasi raisi buyrug‘i bilan Murod Iskandarovning unvoni bir pog‘ona ko‘tarildi.