O‘zbekiston | 07:31 / 17.08.2022
1434
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiy shohko‘chasi qisman yopiladi

17 avgust soat 08:00 dan 20 avgustga qadar Navoiy shohko‘chasining Xadra maydoni Furqat ko‘chasidan Chorsu maydoni, Beruniy va Samarqand darvoza ko‘chalari bilan kesishmasigacha bo‘lgan oralig‘i qisman yopiladi.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Toshkent shahar hokimligi xabariga ko‘ra, bu Navoiy shohko‘chasida olib borilayotgan yo‘l qurilishi ishlari sababli amalga oshiriladi.
 
Haydovchilardan aylanma yo‘llardan foydalanish so‘ralgan.

Bundan oldin ushbu ko‘chaning Abay ko‘chasi bilan kesishmasidan Xadra maydoni Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi yopilishi xabar berilgandi

Mavzuga oid