
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 avgust kuni islom olamining eng muqaddas şaharlaridan bölmiş Madinada bölib, Masjidun Nabaviyni ziyorat qildi.
Madina islom tarixidagi eng muhim şaharlardan biri. Payğambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va salam 622 yilda bu yerga köçib kelganlar. Qur’oni karimning eng katta suralari şu yerda nozil bölgan.

Masjidun Nabaviy payğambarimizning uylari atrofida qurilgan ulkan masjiddir. Bu yerda rasulullohning hamda buyuk sahobalar – Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattobning qabrlari bor. Yuksak hurmat yuzasidan bu joy «Hujrai saodat» deb ataladi.
Şavkat Mirziyoyev uşbu masjidga kelib, Hujrai saodatga tavoze bilan kirdi, Muhammad alayhissalomga salavot va salomlar aytdi. Xalqimizga tinçlik va farovonlik tilab, duo qilindi.


Prezident Payğambarimiz alayhissalomning siyratlari va islom tamadduni muzeyi bilan ham tanişdi. Muzey keng qamrovli ikkita mavzuni özida aks ettirgan. Birinçisi, Muhammad alayhissalomning hayot va faoliyatlari, ikkinçisi, islom madaniyati va ilm-fanining şakllanişi, uning ijtimoiy-ma’naviy hayotga ta’siri. Bular haqda körgazmali eksponatlar va vizual texnologiyalar vositasida, bir neça xorijiy tillarda ma’lumot beriladi.
Prezident muzeyni közdan keçiriş asnosida saudiyalik olimlar bilan dinimiz tarixi, özbek va arab xalqlarini boğlovçi riştalar haqida fikr almaşdi.

Doktor şayx Nosir Zahroniy muzeydagi ma’lumotlar buyuk bobolarimiz Imom Buxoriy va Imom Termiziy asarlaridan olinganini aytdi. Şavkat Mirziyoyev yurtimizda bu uluğ allomalar nomi bilan ilmiy markazlar taşkil qilingani, islom madaniyati obidalari asrab-avaylanayotganini ta’kidlab, olimlarni Özbekistonga taklif qildi.














































