18-22 avgust kunlari “Farğona IEM” AJda bölib ötişi rejalaştirilgan forum Özbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyuşmalari respublika kengaşi va Farğona viloyati hokimligi hamkorligida ötmoqda.  

Forum Özbekiston Respublikasi Prezidentining tegişli Farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga Yangi Özbekistonning taraqqiyot strategiyasi hamda uni “Inson qadrini uluğlaş va faol mahalla yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi, yurtimizda amalga oşirilayotgan yoşlarga oid davlat siyosati tamoyillari ijrosini ta’minlaş hamda mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini munosib kutib oliş maqsadida ötkazilyapti. 

Qolaversa, xabaringiz bor, joriy yilning 21 iyul kuni davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Qirğizistonda bölib ötgan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi maslahat uçraşuvi”da nutq sözlar ekan, “Yoşlarimizning qaraş va intilişlari öxşaşligiga, ularning ulkan intellektual salohiyatiga yana bir bor amin böldik. Ularning ilğor taşabbuslari, kreativ yondaşuvlari va startap loyihalarini bundan buyon ham har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz lozim. Navbatdagi uçraşuvimizgaça yoşlarga doir siyosatning umumiy yönalişlari töğrisida köp tomonlama bitim tayyorlaşni taklif etamiz” , - deya ta’kidlagan edi. 

Forum taşkilotçilari ayni jihatlarni e’tiborga olgan holda unga alohida tayyorgarlik körişdi. 

Dastavval, forum iştirokçilari Marğilon temir yöl vokzalida tantanali kutib olindi.