— Konstitutsiyaning yangi tahrirdagi 13-moddasida insonga nisbatan huquqiy ta’sir çoralari davlat organi tomonidan közlanadigan qonuniy maqsadga erişiş uçun yetarli bölişi hamda manfaatdor şaxslarga imkon qadar qiyinçilik tuğdirmasligi kerakligi belgilanmoqda.
Yuridik tilda ifodalangan bu jumla yurtdoşlarimiz uçun murakkablik qilişi mumkin. Şu bois keling, uni soddalaştiraylik. Bu özgartiriş nima uçun taklif etilyapti, ertaga u qabul qilinsa fuqarolar hayotida qanday yengillikka sabab böladi?
— Ta’kidlaş kerakki, Konstitutsiyaning 13-moddasi yangi tahrirda bayon etilmoqda. Yangilanayotgan moddada inson huquqlariga oid bölgan muhim normalar ifodalanmoqda. Bu özgartiriş tadbirkorlarni, fuqarolarni yillar davomida qiynab kelgan muammolarga yeçim böla oladi.
Taklif etilayotgan tahrirda davlat tomonidan şaxsga qöllanadigan ta’sir çorasi közlangan maqsadiga erişiş uçun yetarli bölişi kerakligi ta’kidlanmoqda. Şuning bilan birga uşbu çora insonlar uçun imkon darajasida yengil bölişi lozimligi qayd etilmoqda. Yuridik tilda yozilgan bu jumlalar yurtdoşlarimiz uçun tuşunarsizroq bölişi mumkin.
Oddiy tilda tuşuntiradigan bölsam, har bir qoida va majburiyatning zamirida mantiq bölişi kerak. Heç qaysi bir taqiq, çeklov yoki ta’sir çorasi inson huquqlariga ortiqça yuk bölmasligi, uning zimmasiga zarur bölmagan majburiyatni yuklamasligi kerak.

Haydovçilar bilan boğliq bitta misol yordamida Konstitutsiyaga kiritilayotgan özgartiriş mohiyatini tuşuntirib berişga harakat qilaman. Haydovçi ma’lum bir turdagi qoidani buzadigan bölsa, uning maşinasi jarima maydonçasiga qöyiladi. Aslida bu ortiqça iş, ya’ni xato. Haydovçi to jarimani tölagunça transport vositasi jarima maydonida turadi. Iş körib çiqiladi, jarima tölanadi, ana undan keyin avtomobilni jarima maydonidan olib çiqişga ruxsat beriladi.
Jarima maydonida saqlab turişning ham kunlik tölovi bor. Bu tölov hamma joyda har xil. Lekin respublika böyiça bir kun uçun örtaça 20 mingdan 100 ming sömgaça tölanadi.
— Bu xuddiki bitta qoidabuzarlik uçun ikki marta jazolaşga öxşaydi, şunday emasmi?
— Ikki marta emas, uç marta jazolaşga öxşaydi. Birinçisi, haydovçi yöl harakati qoidasini buzganlik uçun jazo sifatida jarima tölayapti. Ikkinçisi, maşinasi jarima maydonida saqlangani uçun alohida tölov undirilyapti. Uçinçisi esa öşa davr mobaynida transport vositasini boşqariş imkoniyatidan ham mahrum bölib qolmoqda, aslida buyam jazo hisoblanadi.

















