Şu kunlarda Farğonada “Birlaşsak, katta kuçmiz” xalqaro yoşlar forumi bölib ötmoqda.  

Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Özbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyuşmalari Respublika kengaşi, Farğona viloyat hokimligi bilan hamkorlikda taşkil etilgan yoşlar bayramida Rossiya, Turkiya, Yaponiya, Qozoğiston va Tojikistondan kelgan yoş energetiklar ham qatnaşmoqda. Jarayonlarni bevosita yoritib borayotgan hamkasblarimiz bilan suhbatda ular forum haqida qator fikrlarni bildirişdi. Ularning ayrimlarini sizning e’tiboringizga havola qilişga qaror qildik.

- Joriy yilning 21 iyul kuni Qirğizistonda bölib ötgan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining törtinçi maslahat uçraşuvi”da davlatingiz rahbari Şavkat Mirziyoyev “Yoşlarimizning qaraş va intilişlari öxşaşligiga, ularning ulkan intellektual salohiyatiga yana bir bor amin böldik. Ularning ilğor taşabbuslari, kreativ yondaşuvlari va startap loyihalarini bundan buyon ham har tomonlama qöllab-quvvatlaşimiz lozim. Navbatdagi uçraşuvimizgaça Yoşlarga doir siyosatning umumiy yönalişlari töğrisida köp tomonlama bitim tayyorlaşni taklif etamiz”, deya ta’kidlagan edi. Mazkur yoşlar forumi mana şu sözlarning hayotdagi isboti deb bilaman. Bugun yoş energetiklarga yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan qöşni davlatlardagi kasbdoşlari bilan yaqin aloqa qilişlari uçun mana şunday zarur platformaning şakllantirilgani quvonarli. Forum işiga omad tilayman. Uning xalqaro darajada e’tirof etilişi va geografiyasi yanada kengayişini tilab qolaman.

Vladimir Remennoy –Qozoğiston, “Aktobe TETs” xodimi

- Bizning “Çalik Enerji” kompaniyasi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ bilan köpgina yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oşirgan. Hozirda “Toşkent IEM”AJda har birining quvvati 32 MVtga teng bölgan ikkita gaz turbinani qurişda boş pudratçi sanaladi. Özbekistonlik yoş energetiklarni öziga nisbatan talabçan, ğayratli va işiga puxta yoşlar sifatida taniyman. Mazkur forum orqali bunga yana bir karra amin böldim. Yurtingizda yoşlarga qaratilayotgan e’tibor, ularni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, xususan, xalqaro tajribani özlaştirişlari, xorijning yirik energetika korxonalarida malaka oşirişlari yölida amalga oşirilayotgan işlar tahsinga loyiq. Umid qilamanki kelgusida energetika sohasidagi tengdoşlarimiz bilan yanada yaqin hamkorlik aloqalarini yölga qöyamiz.

Nurdan Kariypbek – Turkiya, “Çalik Enerji” kompaniyasi vakili