Londondagi tungi klublar koronavirus pandemiyasidan söng yana inqirozga duç keldi, ular elektr energiyasi narxi kötarilişi sababli yopilişi mumkin, deb yozadi Bloomberg.

Ta’kidlanişiça, London tungi klublari «elektr energiyasi narxi muntazam ösib borişidan jabrlana boşladi», inflatsiya esa köplab britaniyaliklarni ikkinçi darajali xarajatlarni qisqartirişga majbur qildi. 

Night Time Industries Association ma’lumotlariga köra, buning natijasida pandemiyaga qadar Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga yiliga 46 mlrd funt sterling (55,4 mlrd dollar) keltirgan tungi muassasalar yopilişi mumkin.

Şu haftada Britaniya mehmonxona biznesiga aloqador beş taşkilot energiya narxlari borasida şoşilinç çoralar körişi uçun hukumatga murojaat qilgan.

May oyidan buyon tabiiy gaz narxi uç baravarga oşgan, elektr energiyasi narxi kötarilişda davom etmoqda. 

TIA (National Telecommunications and Information Administration) hisobotiga köra, tungi klublarning 54 foizi gaz va energiya yetkazib beriş böyiça şartnomalarini uzaytirmagan.

Cornwall Insight konsalting kompaniyasining bildirişiça, şartnomani uzaytirmagan kompaniyalar oktyabrda narxlarning beş baravarga ösişiga duç kelişi mumkin.