Prezident farmoniga asosan, O‘zbekistonning iqtisodiy qudrati va eksport salohiyatini oshirishga katta hissa qo‘shib kelayotgani, o‘zining tashabbuskorligi, bilim va tajribasini yaqqol namoyon etib, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi farovonligini yuksaltirish yo‘lida alohida ibrat va namuna ko‘rsatayotgani, shuningdek, jamiyatda o‘zaro ko‘mak, saxovat va mehr-oqibatni kuchaytirishga qaratilgan ezgu ishlardagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

  • Abdullayev Baxodir Tojimirzayevich – Chust tumanidagi «Tai Chang Special Steel» MChJ ta’sischisi, Namangan viloyati
  • Muhiddinov Botir Abdulhamidovich – Yashnobod tumanidagi «Bakan Tex» MChJ bosh direktori, Toshkent shahri
  • Nuriddinov Paxritdin Jamolovich – Qibray tumanidagi «Agro-Light Business» gulchilik xo‘jaligi rahbari, Toshkent viloyati
  • To‘ychiyev Karimjon Zikriyoyevich – Sirdaryo tumanidagi shaxsiy tomorqa yer egasi, Sirdaryo viloyati
  • Usmonov Botir Suvonovich – Jondor tumanidagi «Yakkatut klasteri» MChJ raisi, Buxoro viloyati

«Do‘stlik» ordeni bilan

  • Boboyeva Xolisxon Nazirjonovna – Jizzax shahridagi «Al-Abbos silk» MChJ rahbari, Jizzax viloyati
  • Boboqulova Nodira Norboyevna – Boysun tumanidagi «Kamari Aziz» uy mehmonxonasi rahbari, Surxondaryo viloyati
  • Bo‘ldiyeva Shoira Rajabovna – Buxoro shahridagi «Ruxshana Teks» xususiy korxonasi direktori, Buxoro viloyati
  • Burxonov Rustambek Ravshanbek o‘g‘li – Xo‘jaobod tumanidagi «Fazo Group» MChJ ta’sischisi, Andijon viloyati
  • Jumaniyozov Mo‘minboy Aminovich – To‘rtko‘l tumanidagi «Mustafa farm» MChJning shprits zavodi direktori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
  • Patterson Uilyam Daniyel – Paxtakor tumanidagi «Silverleafe» qo‘shma korxonasi bosh direktori, Jizzax viloyati
  • Razzoqov Muzaffar Mahamatovich – Qo‘shtepa tumanidagi «Fergana Global Textile» MChJ ta’sischisi, Farg‘ona viloyati
  • Rahimov Muxtorjon Nig‘matovich – Quyi Chirchiq tumanidagi «Quyonchilik va naslchilik agro kompleks» MChJ ta’sischisi, Toshkent viloyati
  • Soliyeva Zuhra Adhamovna – Toshloq tumani tadbirkorlikka ko‘maklashish markazi rahbari, Farg‘ona viloyati