Davlat soliq qömitasi xabariga köra, bu tadbirkorlik sub’yektlari köp sonli murojaatlarini inobatga olgan holda «Soliqçi-kömakçi» tamoyili asosida takroran amalga oşiriladi.
Xarid summasining 1 foizi qaytarilgan (keşbek) çeklar bunda mustasno.
My.soliq.uz saytidagi soliq tölovçining şaxsiy kabinetida «YuŞ onlayn-NKM va virtual kassa ma’lumotlari» sahifasidan «Tahrirlaş» bölimi tanlanadi.
Tahrirlaşda tuzatilgan (yangilangan) ma’lumotlar kiritilişi kerak: mahsulot nomi; miqdori; summasi; QQS; mahsulotlar va xizmatlar identifikatsiya kodi (MXIK); ölçov birligi; komitent STIRi.
Şundan söng holat yuzasidan tuşuntirişni ilova qiliş kifoya. QQS hisoblaşda tiyin nuqta orqali kiritiladi, çek summasi özgarmagan taqdirda avtomat tarzda qabul qilinadi. Yakuniy bosqiç – «Yuboriş» tugmasini bosiş.












