Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev ma’lum qildi.
"Bizda quruvchi, madaniyat, ta’lim kabi soha vakillari uchun faxriy unvonlar mavjud. Lekin, Yangi O‘zbekiston poydevorini yaratishga eng katta hissa qo‘shib kelayotgan zahmatkash tadbirkorlarning e’tibordan chetda qolgani adolatdan emas”, dedi davlat rahbari.
Shu bois, ko‘p ish o‘rinlari yaratgan, biznesning yangi yo‘nalishlarini yo‘lga qo‘ygan, o‘z sohasida innovatsiya va islohotlar qilgan va el-yurt orasida obro‘ topgan biznes vakillarini munosib e’tirof etish uchun “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvoni ta’sis etiladi.
Prezident ochiq muloqot davomida aynan shunday taklif bilan chiqdi.
Mavzuga oid
22:30 / 23.08.2025
Biznesga “amnistiya”, energetikada pasayish va 2023 yilga qaytgan dollar - hafta dayjesti
17:32 / 30.01.2025
Soliq qo‘mitasi tadbirkorlarni tekshirish samaradorligi bo‘yicha eng yomon tashkilot deb topildi
20:20 / 20.01.2025
Nodavlat OTMlarga norasmiy “soliq” solish davom etayotgani aytilmoqda. Vazirlik buni rad etdi
11:04 / 17.01.2025