Amerika Qöşma Ştatlarining Markaziy Osiyodagi harbiy maşğulotlari, unda ba’zi ŞHT davlatlari iştirok etişi Vaşingtonga potensial harbiy harakatlar teatrini örganiş uçun zarur. Bunday fikrni Rossiya Xavfsizlik kengaşi kotibi Nikolay Patruşev 19 avgust kuni Toşkentda hamkasblari bilan uçraşuvda bildirdi, deb xabar beradi EurAsia Daily uning nutqining avval e’lon qilinmagan qismlariga tayangan holda.
Uning ta’kidlaşiça, Vaşington Afğonistonning qöşnilari bilan u yerda antiterror amaliyotlari uçun göyoki vaqtinçalik infratuzilma yaratiş böyiça kelişuvga erişiş urinişlaridan voz keçmayapti.
RF Xavfsizlik kengaşi kotibining qayd etişiça, Moskva AQŞ qömondonligida 10 avgust kuni boşlangan «Mintaqaviy hamkorlik – 2022» harbiy maşğulotlarini aynan şu nuqtayi nazardan körib çiqmoqda.
Ularda ŞHTga a’zo davlatlar – Qozoğiston, Qirğiziston, Özbekiston, Pokiston, şuningdek, Möğuliston Xalq Respublikasi harbiy xizmatçilari iştirok etmoqda.
«Hamkorlarimizga eslatib ötmoqçimanki, amerikaliklarga bunday tadbirlar birinçi navbatda potensial operatsiyalar teatrini örganiş, istiqbolli nişonlar koordinatalarini aniqlaştiriş va yuqori aniqlikdagi qurollarning raqamli xaritalarini töğrilaş uçun kerak. Umid qilamanki, ŞHTga a’zo barça davlatlar Amerikaning bu taşabbuslari bizning xavfsizligimiz uçun öta katta xavf tuğdirayotganini endi anglaydi», - dedi Patruşev.
Patruşevga köra, hozir dunyoda jiddiy geosiyosiy özgarişlar röy bermoqda va aslida global inqiroz avj olmoqda. Buning sababi - Ğarbning öz hukmronligini örnatiş istagi. Moskva ŞHT faoliyatini bugungi kunda yuzaga kelayotgan geosiyosiy voqelikni hisobga olgan holda modernizatsiya qiliş zarur, deb hisoblaydi.
Toşkentda bölib ötgan tadbirda ŞHT Xavfsizlik kengaşlari kotiblari taşkilotning sentabr oyiga möljallangan sammiti kun tartibini muhokama qildi.
ŞHT sammiti sentabr oyida Samarqandda bölib ötadi. Taşkilotga a’zo davlatlarning barça yetakçilari unda iştirok etişlarini tasdiqladi. Biroq, ayrim davlat rahbarlari hozirça iştirok etiş formati haqida bir qarorga kelmagan.
Hozirda ŞHTga Hindiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Xitoy, Pokiston, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston a’zo hisoblanadi. Kuzatuvçi davlatlar – Afğoniston, Belarus, Eron va Möğuliston, hamkor davlatlar – Ozarboyjon, Armaniston, Kambodja, Nepal, Turkiya va Şri-Lanka. Taşkilot sammiti sentabr oyi örtalarida Samarqand şahrida ötkazilişi rejalaştirilgan. Unda Eronning taşkilotga qöşiliş jarayoni yakunlanişi hamda Misr, Qatar va Saudiya Arabistoniga muloqot böyiça hamkor maqomi berilişi kutilmoqda.

















