400 nafardan ortiq yoş energetik. 20 ga yaqin turli tadbir, uçraşuv, musobaqa va bellaşuvlar. Professional ösiş va döstona aloqalarni mustahkamlaşga qaratilgan muloqot maydoni.
“Yangi Özbekistonning baxtli yoşlari” şiori ostida “Birlaşsak, katta kuçmiz!” halqaro yoşlar forumiga aynan mana şunday ta’rif beriş mumkin.


Farğonada, xususan “Farğona issiqlik elektr markazi” AJda bölib ötgan yoş energetiklar forumi keça, 21 avgust kuni öz işini yakunladi.
Şu munosabat bilan qatnaşçilar şarafiga özbek estradasining yulduzlari iştirokida katta gala konsert dasturi taşkil etildi.


Unda Vatanni, yoşlikni va hayotni madh etuvçi kuy-qöşiqlar jarang soçdi. Tadbir qatnaşçilari şarafiga otilgan muşaklar şousi yopiliş marosimining kulminatsion nuqtasi böldi.
22 avgust kuni forum qatnaşçilari Qöqon şahri böylab sayr qilişdi. Xudoyorxon saroyi, jom’ye masjidi, Norbut-biya madrasasi, Modarixon maqbarasida bölişdi.


Şuningdek, Rişton “Hunarmandlar markazi”ga ham taşrif uyuştirildi. Bu yerda milliy kulolçilik maktabi, adras va atlas, yoğoç öymakorligi, mahsidözlik kabi milliy hunarmandçilik namunalari bilan tanişdilar.
Qayd etiş lozimki, 18-22 avgust kunlari ötkazilgan forum dasturi rang-barangligi bilan yodda qoladigan böldi. Xususan, “Issiqlik elektr stansiyalarini rivojlantirişning innovatsion yeçimlari” mavzusidagi ilmiy-texnik konferensiya, “INNO-TPP” ilmiy-texnik klubining ta’sis marosimi, “Uç avlod uçraşuvi” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri, “Zakovat” intellektual öyini, “Energetiklar marafoni”, stol tennisi, voleybol, kamondan öq otiş sport musobaqalari, Qöqon şahri va Rişton hunarmandçilik markazi böylab ekskursiyalarda jami 400 ga yaqin yoşlar iştirok etdi.





























