Test sinovlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar markazlaridagi ochiq maydonlarda tashkil etiladi.
Abituriyentlardan test o‘tkaziladigan hududga (ruxsatnomada ko‘rsatilgan) belgilangan vaqtdan kechikmasdan shaxsini tasdiqlovchi hujjat hamda test sinovida ishtirok etish ruxsatnomasi bilan kelishi so‘ralgan.
Yuridik texnikumlarga hujjatlarni qabul qilish 20 avgustgacha (shu kuni ham) bo‘lib o‘tdi.
O‘qishga kirish uchun hujjatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki DTM rasmiy veb-sayti orqali onlayn qabul qilindi.










