Jahon | 17:13 / 26.08.2022
6919
2 daqiqa o‘qiladi

2100 yil uchun ssenariy – 5,3 mlrd odam xavfli issiqni boshdan o‘tkazishi mumkin

Harvard universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotda 2100 yilgacha bo‘ladigan global harorat bo‘yicha taxminlar ma’lum qilingan. Unga ko‘ra, asr oxirigacha 5,3 milliard kishi xavfli issiqni boshdan o‘tkazishi mumkin.

Foto: Getty Images

Harvard universiteti olimi Lukas Zeppetello va uning jamoasi dunyo aholisi soni va iqtisodiy o‘sish sur’atidan kelib chiqib, asrning oxirigacha issiqxona gazlari va boshqa turli gazlarning taxminiy miqdorini hisoblab chiqishdi, deb yozmoqda Newscientist. Natija 2100 yilgacha global harorat 2,1 C va 4,3 C orasida bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatgan.

“Iyun oylarimiz shu oyning 20, 30 yillikdagi harorati bilan deyarli bir xil bo‘lib, biroz issiq ham bo‘lishi mumkin. Va ayrim joylarda odatdagidan ko‘proq quruq va ko‘proq nam ham bo‘ladi”, – degan Zeppetello.

Tadqiqotchilar 2100 yilgacha global harorat 3C daraja bo‘lish ehtimoli ko‘proq degan xulosaga kelgan.

Asosan Hindiston, Sahroyi Kabir va Arabiston yarim oroli hududidan 5,3 milliard kishi 51 daraja issiqni boshidan o‘tkazadi. Bunday harorat 2100 yilgacha har yili 15 yoki undan ko‘proq kun bo‘lishi mumkin. Shuningdek, ekvatorga yaqinroq hududlar 15 kundan 90 kungacha xavfli darajadagi issiq kunlarga duch kelishi mumkin. Masalan, Chikago 1995 yil juda issiq bo‘lib, 500 odam vafot etgan va bu keyinchalik yillik hodisaga aylanishi mumkin.

Agar issiqlik indeksi, ya’ni nisbiy namlik va havo harorati o‘lchovi 39C darajadan oshsa, bu odamlar uchun xavfli darajadagi issiq va namlikni paydo qiladi. Bunday issiq kunlar odamlarni holsizlantiradi, charchoqqa olib keladi. Agar issiqlik indeksida 51C daraja qayd etilsa, bu issiq urishi, o‘lim kabi favqulodda holatlarni paydo qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, hozir dunyo harorati 1,5S daraja issiqlikda. Bu – oldin 100 yilda 2 marta takrorlanadigan isish endi har 6 yilda yuz beryapti degani. Agar harorat 4S ga yetsa, dunyo bir yilda 2 marta global isishni boshdan kechiradi.

Mavzuga oid