“Harbiy xizmatçilar va harbiy majburiyatli şaxslarning, oddiy askarlar hamda boşliqlar tarkibiga kiruvçi şaxslarning davlat majburiy şaxsiy suğurtasi töğrisida”gi hukumat qaroriga özgartiriş kiritildi.
Unga köra, harbiy xizmatçilarning majburiy davlat suğurtasini amalga oşiriş böyiça “Özbekinvest” davlat kompaniyasining eksklyuziv huquqi bekor qilindi. Bu haqda Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi xabar bermoqda.
“Özbekinvest” eksport-import milliy suğurta kompaniyasi harbiy xizmatçilarni suğurtalaş bilan 2003 yil 1 yanvardan beri yakka özi şuğullanib kelayotgan edi.
Endilikda boşqa suğurta kompaniyalari ham harbiy xizmatçilarning davlat majburiy suğurtasida tanlov asosida iştirok etişi mumkin böladi.















