“Donorning ölimi juda kamdan kam kuzatiladi” - şifokor Samarqanddagi muvaffaqiyatsiz jigar transplantatsiyasi haqida
|23:44 / 27.08.202240 92412 min
Özbekistonda içki a’zolar transplantatsiyasi yölga qöyilayotgani – katta yutuq, deydi Kuvaytdagi özbek şifokori Jahongir Jörayev. U Samarqanddagi muvaffaqiyatsiz operatsiya haqida gapirarkan, jahon miqyosida jigar köçirilgan bemorlarning 2-16 foizi vafot etişi, biroq donorlikka tanlangan odamning ölimi kamdan kam holatlardagina kuzatilişini aytdi.
Şu yil 9 avgust kuni Samarqandda ilk bor jigar köçirib ötkaziş amaliyoti ötkazilgandi. Jigar sirrozining oğir şakli bilan oğriyotgan 57 yoşli bemorga 35 yoşli qizi donorlik qilgan. Biroq köp ötmay bemor ham, donor ham şifoxonadan çiqmay vafot etgan.
Biz Kuvaytdagi Sabah şifoxonasida anesteziolog-reanimatolog sifatida faoliyat körsatayotgan özbekistonlik şifokor Jahongir Jörayevga şu mavzudagi savollar bilan murojaat qildik.
— Jahongir aka, renimatolog sifatida oğir kasalliklarga çalingan bemorlarga tez-tez duç kelsangiz kerak. Şaxsiy tajribangiz, kuzatişlaringizdan kelib çiqib ayting-çi, inson organlarini köçirib ötkaziş amaliyotlarida bemorning ham, donorning ham vafot etişi qançalik tez-tez kuzatiladi?
— Siz aytayotgan hodisa böyiça internet orqali tanişib çiqdik. Afsuski, bemor ham, donor ham vafot etibdi. Bu masala böyiça gapirişdan oldin ayrim mulohazalarimni aytib ötsam.
Bilamizki, Özbekistonda şu paytgaça transplantatsiya amaliyotlariga ruxsat etilmagan va bu amaliyotlar qöllanilmagan. Hozir davlatimiz tomonidan ruxsat berildi. Ilk qadamlar qöyilib, şu operatsiyalarni bajarişni boşlaşdi. Tan oliş kerak, bu – katta yutuq. Bu jarayonlarda xohlaysizmi, xohlamaysizmi bemorlardan ba’zi birlari nobud bölişi holatlari ham uçraşi mumkin. Buni heç kim inkor qila olmaydi. Sababi jahon körsatkiçlarida ham barça bemorlar yuz foiz yaşab ketadi degan qoida yöq.
Özbekistonda nafaqat jigar köçirib ötkaziş, balki boşqa a’zolar transplantatsiyasi ham keng yölga qöyilmoqda. Buni tahsinga sazovor deb bilaman. Avvallari bemorlar ba’zi turdagi böğim, yurak kabi organlarda ötkaziladigan jarrohlik amaliyotlarini ham çet elda ötkazib kelişar edi. Endilikda esa xususiy klinikalar taşkil etilib, Özbekistonning özida bu operatsiyalar amalga oşirilmoqda. Buni katta yutuq deb bilaman.
Mazkur hodisa borasida şaxsiy fikrimni bildira olmayman. Sababi, jarayonda şaxsan qatnaşmaganman. Qölimda heç qanday tibbiy ma’lumotnomalar yöq.
— Ya’ni bemorning kasallik tarixidan xabardor emassiz.
— Albatta, şuning uçun ham bu kasalliklarda kuzatilişi mumkin bölgan ehtimoliy nazariyalarni aytib ötyapman. Buni neytral holatdagi şifokor fikri deb qaraşingizni söragan bölar edim. Bu boşqa bir hamkasblarimga qarama-qarşi fikr emas.
Mavzuga oid
Har bir amaliyotda kuzatilişi mumkin bölgan asoratlar adabiyotlarda keltirib ötiladi. Agar şifokor tomonidan bemorda biror bir muolaja ötkazilsa va bu qandaydir asorat körsatsa, ilmiy jihatdan bu asoratlar kuzatilişi belgilangan bölsa, uni töğri qabul qiliş kerak böladi.
Jahongir Jörayev / Foto: Kun.uz
Samarqanddagi voqeada ikki bemordagi ölim holatini, masalan, donor holatidan olib qaraydigan bölsak, statistik ma’lumotlarda operatsiyadan söng 2-16 foiz bemorda ölim kuzatilişi mumkin.
Bilamizki, jigar köçiriş operatsiyasi bemor kasallikning sönggi bosqiçini boşdan keçirayotgan vaqtida amalga oşiriladi. Bu juda ham qiyin jarrohlik amaliyoti hisoblanadi. Hatto 10 soatdan ziyod vaqt davomida amalga oşiriladi va texnik tomondan ham juda murakkab operatsiyadir.
Tasavvur qiling, jigardagi mayda tomir, öt yöllari va venalarning har birini bir-biriga boğlab, tikib çiqişadi. Bu juda qiyin jarayon. Bu operatsiyalarning texnik qiyinçiligi hisoblanadi. Bundan taşqari, boşqa murakkab jihatlar ham bor.
Ammo donorning ölim holati böyiça biror bir ma’lumotga duç kelmadim. Nima uçun? Bunga sabab, bemor sifatida tanlab olingan donor soğlom bölişi va jarrohlik amaliyotidan söng bemorda heç qanday salbiy asoratlar kuzatilmasligi kerak.
Lekin tibbiyotda ham har doim qat’iy qoida yöq. Bu yerda insoniy omillar, mutaxassislar tajribasi iştirok etadi, dori-darmonlar e’tiborga olinadi. Juda köp omillar sababli donorni ham yöqotib qöyiş mumkin.
Xorijiy tajribalarga köra öz fikrimni aytaman, donorlikka 99,9 foiz holatda himoyalangan holda kirib boriladi. Bu holatda nima uçun ölim sodir böldi degan savolga, töğrisini aytsa, javob topolmadim. Internetda öqiganim böyiça, arteriya trombozi deya gumon qilindi, deyilgan.
— Bu taxminni viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi bayonotida ham öqişimiz mumkin. Bayonotda keltiriladiki, transplantatsiyadan söng donorda buyrak yetişmovçiligi, ikki tomonlama zotiljam asoratlari kuzatilib, standart böyiça intensiv davo çoralari qöllanilgan. Mutaxassislarning ta’kidlaşlariça, donorda öpka tomirlarining tromboemboliyasi kuzatilgani gumon qilingan, ya’ni bu hali fakt emas.
— Men ham bu bayonotni öqidim. Bu xulosa patologik, anatomik tekşiruvdan keyin berilganmi yoki hali bu tekşiruvlar qilinmasdan avval berilganmi? Şu savolga e’tibor qaratiş kerak. Agar öpka arteriyasining tromboemboliyasi gumon qilinsa, bu hali tasdiqlanmagan. Patologik, anatomik tekşiruvda buni juda osonlik bilan aniqlaş mumkin. Öpka tomirlarini kesib, oçib körilganda, içidan tromb çiqadi. Şu bilan aniq xulosa beriş mumkin böladi.
Yoki zotiljam taşxisini olaylik. Bu operatsiyadan oldin öpka pnevmoniyasi bölib turib, operatsiya qilindi degani emas. Bu bemor operatsiyadan söng 7 kun yaşagan. 7 kun davomida bemor sun’iy nafas oliş apparatiga ulangan bölişi kerak edi. Keyinçalik bemor nobud bölgandan söng, patologik, anatomik tekşiruvda pnevmoniya belgisi aniqlanişi mumkin. Bu bemorning ölimiga töğridan töğri ta’sir qiladi degani emas.
Jahongir Jörayev iş jarayonida, Sabah şifoxonasi, Kuvayt / Foto: Kun.uz
Ammo öpka tromboemboliyasini haqiqatda jiddiy asorat deb bilaman. Öpka tomiriga tromb tiqilişi bu istalgan operatsiyadan keyin kuzatilişi mumkin bölgan asoratdir. Bu şunday oğir asoratki, bemorni qisqa fursatda ölimga yetaklaşi mumkin. Şuning uçun jarrohlik amaliyotidan söng bemorlarda bu kabi holatlar kuzatilmasligi uçun maxsus muolaja va dori-darmonlar bor. Şu dori-darmonlardan dunyo standartlariga mos ravişda foydalanilsa, kuzatilişi mumkin bölgan asorat juda kamayadi.
Ammo bu aniq taşxis sifatida emas, balki gumon deb aytilayotgani menda qator savollarni tuğdirdi. Bu patologik, anatomik tekşiruvdan keyingi xulosami yoki undan oldin taxmin qilingan xulosami? Odatda ommaviy axborot vositalariga ana şu tekşiruv ötkazilgandan söng aniq ma’lumot beriladi.
— Nima deb öylaysiz, balki bemorlarning yaqinlari ularning jasadlarini yorib körişga ruxsat berişmagandir. Özbekçilikda bunday voqealar köp uçraydi. Köpçilik xohlamaydi. Balki ularning gumon qilişiga, patologik, anatomik tekşiruvlar ötkazilmagani sababdir. Yoki bemor ölimi bilan tugagan vaziyatlarda bu tekşiruv majburiy ötkaziladimi?
— Bilasizmi, siz aytayotgan ehtimollar ham bölişi mumkin. Lekin buni davlat qonunlari bilan amalga oşiriş kerak böladi. Yuridik jihatdan aniq ayta olmayman, ammo Özbekistondagi faoliyatimdan kelib çiqib aytişim mumkinki, misol uçun yoş bemor vafot etsa, ölim sababini biliş uçun albatta bu tekşiruvlar ötkazilardi.
Hatto tez tibbiy yordamni uyga çaqirilganda va ular borgunga qadar bemor vafot etgan bölsa, bemor yoş bölsa va uning nima sababdan ölgani aniq bölmasa, jinoyat natijasi bölişi mumkinligini inobatga olgan holda hamda tibbiyot xodimining buni aniqlaş imkoniyati yöqligi uçun içki işlar organlariga xabar berilar edi. Kerak bölsa, sud-tibbiy ekspertizasi ham tayinlanar edi.
Agar şifoxonalarda yoş bemor vafot etsa ham, bu tekşiruvlar ötkazilar edi. Bu esa bizga bemor nima sababdan vafot etgani yoki qayerda xato va kamçiliklarga yöl qöyganimizni aniqlab berar edi.
Jahongir Jörayev muolaja vaqtida, Sabah şifoxonasi, Kuvayt / Foto: Kun.uz
Hozirda Kuvayt arab davlatida işlayapman. Bu yerdagi mutaxassislar juda kuçli. Bu mamlakatda patologik, anatomik tekşiruvlar yöq, sababi ular islomiy davlat hisoblanadi va kasallik sabab vafot etgan bemorda bu tekşiruv ötkazilmaydi. Qaçonki, ölimga jinoyat oqibati deb qaralsa, uni sud tibbiy ekspertizasi aniqlab beradi.
Bu yerda şifokor tomonidan e’tibordan çetga çiqib qolgan holatlar qanday aniqlanadi degan savol tuğilişi mumkin. Kuzatuvlarim şuni körsatdiki, har bitta kuzatilayotgan asoratni bu tekşiruvsiz ham aniqlaş imkoniyatlari bor. Misol uçun, biz körib çiqqan öpka arteriyasi tromboemboliyasini olaylik. Qon tahlillari yordamida ham şu asorat borligini taxmin qiliş mumkin.
Yana bir tekşiruv usuli borki, agar bemorning holati buni kötarsa, öpkani kompyuter tomografiya apparatiga joylab tomiridan kontrast yuboramiz. Bu orqali öpka tomirlarida tromb bor-yöqligi, bölsa qayerdaligini aniqlaş mumkin. Bu tekşiruv usullari patologik, anatomik tekşiruvga qadar ham bemorni taşxislaş imkonini beradi. Şunga qarab erta davolaş va erta yordam körsatiş imkoniyatiga ega bölamiz.
— Bemor va donorning ölimi şifokorlarning xatosi tufayli röy bergani ehtimoli qançalik yuqori?
— Bu savolga aniq javob berişim qiyin. Agar heç bölmaganda şu voqeadan keyin tekşiruvda borib qatnaşganimda yoki tibbiy tekşiruv qoğozlari bilan tanişganimda, qölimda yetarli ma’lumotlar bölganida şularga asoslanib xulosa bersam töğriroq böladi, deb bilaman.
Lekin yuqorida aytganimday donorlikka tanlangan odam soğlom böladi va unda ölim kuzatilibdimi, demak, qayerdadir nimadir nazoratdan çiqib ketgan bölişi kerak degan fikrdaman.
— Agar bemorlarning kasallik tarixlari, operatsiyagaça va undan keyin qöllanilgan muolajalarga oid ma’lumotlar taqdim etilsa, ölimga nima sabab bölganini aniqlaşning imkoni bormi?
— Bu – juda qiziq savol. Bu haqda özim köpdan buyon öylab yurardim. Özbekistondagi muammolarni bilganim uçun, ayni paytda xorijda işlab boşqa davlatlarning tajribasi bilan soliştiriş imkoniyatiga ega bölganim uçun özimga özim savol berardim: nima uçun bemorda ölim holati kuzatilsa, faqatgina bemorning kasalxonadagi patalogo-anotomik tekşiruvlar natijasiga qarab turib yakuniy xulosa beriladi?
Çunki bu yerda ham taniş-biliş, hamma narsani bitta qönğiroq bilan hal qiliş imkoniyatlari juda yuqori, şuni hisobga olib neytral, davlatga qaraşli bölmagan kompaniya bölsa-da, ularning mutaxassislariga mustaqil tekşiruv ötkazsa bölmaydimi? Nima uçun bu narsa mumkin emas bizda, deb köp öylardim. Agar şu masala kötarilsa, Özbekistondagi şifokorlarning xatolarini heç kim inkor qilolmaydi, bu narsa bor, buni inkor qiliş imkonsiz.
Lekin bunga şifokorlar aybdor emas. Heç qaçon şifokorlarni jazolaş tarafdori bölmayman. Bunga tibbiyot tizimimizning zamonaviy tendensiyalardan juda orqada qolib ketgani, tibbiyot xodimlari malakasini yetarliça oşira olmasligi, tibbiyot institutlarida öqitiş darajasining pastligi, Rossiya tibbiyoti ortidan quvib ketiş kabi juda köp omillar sabab bölmoqda.