27 avgust kuni tongda Qozoğistonning Turkiston viloyatida «Toşkent — Bişkek» yönalişida harakatlangan yölovçi avtobusi iştirokida YTH sodir böldi.
Qozoğiston Içki işlar vazirligi xabar berişiça, soat 7 dan oşganida Tulkibas tumani IIB navbatçilik qismiga mazkur YTH haqida xabar kelib tuşgan. Voqea joyiga yetib kelgan politsiyaçilar Şakpak qişloği hududidagi 601-kilometrda Özbekiston kompaniyasiga tegişli avtobus yöldan çiqib ketganini aniqlagan.
«Salonda xorijlik fuqarolar bor edi. Hodisa oqibatida 12 kişi tan jarohati olib, eng yaqin şifoxonaga yotqizildi», — deyiladi xabarda.
Hozirça yaralanganlar qaysi mamlakat fuqarolari ekaniga aniqlik kiritilmagan.

Mazkur holat Qozoğiston Jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismi — ehtiyotsizlik oqibatida inson salomatligiga oğir zarar yetkazgan holda yöl harakati yoki transport vositalaridan foydalaniş qoidalarini buziş sifatida röyxatga olingan.
Hodisa tafsilotlari örganilmoqda. Ekspertiza tayinlangan.
Transport vazirligining rasmiy izohiga köra, «Toşkent-Bişkek» yönalişida harakatlangan mazkur avtobus «MIRONSHOX GRAND TRANS» MÇJga tegişli. Avtobus 26 avgust kuni soat 22:00 da «Toşkent» avtovokzalidan ikki nafar haydovçi va 47 nafar yölovçi bilan yölga çiqqan.
Hozirda holat yuzasidan MÇJ rahbariyati va korxonada harakat xavfsizligini ta’minlaşga mas’ul xodimlar bilan vakolatli organlar tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.

















