Kun tartibida avtomobilsozlik sohasidagi Özbekiston-Ozarboyjon hamkorligining bugungi kundagi holati va uni keyinçalik yanada rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilişga alohida e’tibor qaratildi.

Tomonlarning çiqişlarida Özbekiston va Ozarboyjon örtasidagi oliy darajadagi yaqin va işonçli muloqotga asoslangan döstona va şeriklik munosabatlarini rivojlantiriş dinamikasiga yuqori baho berildi. Joriy yil iyun oyida Ozarboyjon Prezidenti Ilhom Aliyevning Özbekistonga Davlat taşrifi davlatlararo hamkorlikni rivojlantirişga qöşimça turtki bergani alohida qayd etildi.

Foto: UzAuto

Xususan, Ozarboyjonda avtomobillarning çuqur lokalizatsiyasini örganiş böyiça «Özavtosanoat» AJ va Ozarboyjon Respublikasi avtomobil işlab çiqaruvçilari Assotsiatsiyasi örtasida şartnoma imzolandi. Ozarboyjonda UzAuto avtomobillarini yirik uzelli yiğiş loyihasini amalga oşiriş böyiça tomonlarning muvaffaqiyatli hamkorligi natijasida joriy yilda işlab çiqariş hajmi 12 baravar oşdi. Işlab çiqariş hajmining ösişi tabiiyki çuqur lokalizatsiya bilan zamonaviy yuqori texnologiyali töliq siklli (CKD) metod böyiça avtomobil işlab çiqarişni yanada rivojlantirişga özaro qiziqişga olib keldi.

Tomonlar avtomobilsozlik sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikka töxtalar ekan, uşbu yönalişdagi ijobiy trendlarni mamnuniyat bilan qayd etişdi. 2021 yil sentabr oyida Ozarbjyjonning Hajigabul şahrida foydalanişga topşirilgan «UzAuto Motors» AJ va «SamAvto» MÇJ QK işlab çiqariş liniyasi faoliyatidagi yutuqlarni misol qilib keltiriş mumkin.

Şu bilan birga, avtomobilsozlik sohasida amalga oşirilmagan mavjud salohiyat haqida umumiy fikr bildirildi. Işlab çiqarilgan mahsulotlarni içki bozorda sotişdan taşqari, 2020 yilda Ozarbjyjonning Turkiya bilan imzolangan erkin savdo şartnomasi UzAutöga Ozarboyjonlik şeriklari bilan birgalikda Turkiya bozoriga avtomobil eksportini yölga qöyiş imkonini beradi.

Reklama