Kuzgi semestr uçun hujjatlarni qabul qiliş 2022 yil 20 sentabrgaça davom etadi. Tayyorgarlik dasturi ingliz tili darajasi kiriş va muvaffaqiyatli öqiş uçun yetarliça yuqori bölmaganlar uçun möljallangan. Uni muvaffaqiyatli özlaştirgan talabalar 2023 yil fevral oyida IT Park Universitetiga imtihonsiz qabul qilinadi.

29 avgust, Toşkent şahrida IT Park Universiteti Prezident topşiriği asosida ITPU Foundation Studies’ga qabulni boşladi. Bu bölajak talabalarga ingliz tilini biliş darajasini oşirişga yordam beradigan, şuningdek, ularni muvaffaqiyatli öqiş uçun zarur bölgan asosiy bilim va könikmalar bilan ta’minlaydigan tayyorgarlik semestri. Dastur akademik ingliz tili, matematika, IT asoslari, şaxsiy rivojlaniş könikmalarini öz içiga oladi.

Universitetning Oçiq eşiklar kunida universitet direktori Bahodir Ayupov şunday deydi:
"Kurs ğayrat va şijoatli, ammo kam tayyorgarlik körgan abituriyentlar uçun taşkil etilgan. Agar sizning ingliz tilini biliş darajangiz IT Park Universitetiga kiriş uçun hali yetarli bölmasa va siz öqişga kiriş imkoniyatini bir yilga yöqotişni istamasangiz, unda universitetgaça bölgan kurs - ITPU Foundation Studies’ga yoziling. Ta’lim onlayn formatda bölib ötadi va kelgusi yilning fevral oyida siz universitetning tölaqonli talabasi bölişingiz va talabgir hamda yuqori maoşli IT mutaxassisligini olişni boşlaşingiz mumkin”.
Talaba til darajasini A2 (asosiy)dan B1 (örta) darajaga kötarişi universitetga kirişni kafolatlaydi. Öqitiş ingliz tiliga bosqiçma-bosqiç ötiş bilan özbek va rus tillarida olib boriladi.
ITPU Foundation Studies’ga hujjatlarni qabul qiliş 2022 yil 20 sentabrgaça davom etadi. Kursning davomiyligi — 4,5 oy. Qiymati — 5,6 million söm, IT Park Universitetining bölajak talabalari uçun 710 ming söm çegirma amal qiladi, şundan kelib çiqib, belgilangan sanadan oldin hujjat topşirgan abituriyentlar uçun universitetgaça bölgan kurs uçun öqiş narxi 4 890 000 sömni taşkil etadi.

Şuningdek, 2022 yil 20 sentabrgaça ITPU Universitetiga quyidagi yönalişlar böyiça hujjatlar qabul qilinmoqda:


















