Qaşqadaryo viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, bugun, 2022 yil 28 avgust kuni soat 13:40 larda 4R-79 Qarşi-Şahrisabz yölining Qamaşi tumani Qöşkapa mahallasidan ötgan 43-kilometrida ayançli yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qarşi tomonga harakatlanayotgan Lacetti maşinasi haydovçisi Şahrisabz şahri tomondan kelayotgan Gentra’ning yöliga çiqib ketgan va bir-biriga urilgan.

Zarba oqibatida, Lacetti maşinasi va uning haydovçisi yonib ketgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Qamaşi tumani IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu Qaşqadaryo viloyatida 15 kun içida YTH tufayli maşina va odam yonib ketişi bilan boğliq ikkinçi hodisa hisoblanadi. 15 avgust kuni Muborak tumanida Spark va Gentra özaro töqnaşganda ham yonğin kelib çiqqan. Oqibatda har ikkala maşina va ularda bölgan jami 8 kişi yonib ketgan.

Hodisalarning har ikkalasida özaro töqnaşgan maşinalardan biri qoidalarni buzgan holda quvib ötmoqçi bölgan va röparadan kelayotgan maşinaga urilgan.