Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 2022 yil uchun YaIM real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilindi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022 yil uchun YaIM real o‘sish sur’atini 5,77 foiz darajasida prognoz qilmoqda.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2022 yil uchun YaIM prognozlarini batafsil katta ma’lumotlar oqimiga asoslangan yangi yondashuv (noukasting) yordamida hisoblab chiqdi.
20 toifadagi 250 ga yaqin haftalik Google qidiruv natijalari, alohida mahsulotlar uchun narxlar smetalari (oltin va neft narxlari o‘zgarishi) hamda yalpi import va zaxiralarning asosiy ko‘rsatkichlariga asoslanib haftalik O‘zbekiston YaIM prognozi tuzildi.
YaIM dinamikasi haftalik prognoz ko‘rsatkichlarini jamlagan holda, 2022 yil 1-yarmida 2021 yil 1-yarmiga nisbatan iqtisodiy o‘sish taxminiy ko‘rsatkichlari 4,99 foizni tashkil qildi.
2022 yil uchun YaIM real o‘sish sur’ati 5,77 foiz darajasida prognoz qilinmoqda.
Mavzuga oid
11:26 / 26.12.2025
Prezident: YaIM ilk bor 145 mlrd dollardan oshdi
09:40 / 24.12.2025
AQSh iqtisodiyoti 4,3 foizga o‘sib, prognozlardan oshdi
11:30 / 10.12.2025
Yangilangan prognoz: O‘zbekiston iqtisodiyoti 7,5 foizga o‘sishi mumkin
20:08 / 22.11.2025