Finlandiya 5 yildan beri baxtiyorlik indeksida birinçi örinni egallaydi. Dunyoda iqtisodiy farovon davlatlar köp bölsa-da, ularning hammasi ham baxtiyorlik indeksida yuqori natija körsatmagan. Bu borada finlarning öziga xos jihatlari bor.
Fotokollaj: Kun.uzFotokollaj: Kun.uz
Baxtiyorlik indeksi nima?
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti homiyligida har yili bir neça omillar asosida odamlarning yaşaş sifati örganiladi. Davlatlardagi odamlarning yaşaş tarzi haqidagi maqolalar, aholi orasida ötkazilgan sörovnomalar yiğilib, Dunyo davlatlari baxtiyorlik indeksi hisoboti tayyorlanadi.
Odatda hisobotda 150 davlatdagi jon boşiga yalpi içki mahsulot miqdori, ijtimoiy yordam, yaşaş tanlovlarini qilişda şaxsiy erkinlik, soğlom hayot davomiyligi, bağrikenglik va korrupsiya darajasi haqidagi ma’lumotlar töplanadi. Şu mezonlar böyiça oxirgi 3 yildagi holat böyiça köp sonli iştirokçilar orasida sörovnomalar ötkazilib, 0 dan 10 gaça baholanadi.
Oxirgi hisobot 2022 yil mart oyida e’lon qilingan bölib, unda odamlarning COVID-19 pandemiyasidan oldingi va keyingi ruhiy holatlari ham örganilgan.
5 yildan beri Finlandiya – aholisi eng baxtli mamlakat
2022 yil mart oyida e’lon qilingan Dunyo davlatlari baxtiyorlik indeksiga köra, Finlandiya eng yuqori körsatkiçda turibdi. Eng qiziği, bu Finlandiyaning qatorasiga beşinçi yil dunyoning eng baxtiyor mamlakati deb topilişidir. Şuningdek, baxtiyorlik indeksi Skandinaviya davlatlarida dunyoning boşqa davlatlariga qaraganda ança yuqori.
Hisobotda odamlarning hayotdagi muvozanat va uyğunlik darajasi ham örganilgan. Skandinaviya davlatlari aholisining köpi özini muvozanatli hayot keçirayotganini ma’lum qilgan. Bu körsatkiç Finlandiya va Maltada 90,4 foiz çiqqan. Bu yerda aholining jismoniy holatidan to iqtisodiy holatigaça bölgan faktorlar inobatga olingan.
Şuningdek, Skandinaviya davlatlari pandemiyani ham nisbatan yaxşi nazoratda tuta olgan. Bu mamlakatlarda 2020-2021 yillarda COVID-19’dan har 100 000 kişining 27 nafarida ölim qayd etilgan bölsa, bu – Ğarbiy Yevropada 80 nafar bölgan.
Mavzuga oid
Baxtiyorlik siri
Har qanday mamlakatning iqtisodiy farovonligi – aholining yaxşi yaşaşi uçun birlamçi omil. Dunyoda iqtisodiy farovon davlatlar köp bölsa-da, ularning hammasi ham baxtiyorlik indeksida yuqori natija körsatmagan. Demak, bu borada finlarning öziga xos jihatlari bor. Bu finlarning madaniyati bilan ham boğliq.
Finlandiyaning Espoo şahrida aloqa koordinatori bölib işlaydigan Liisi Hatinen Finlandiyada insonning birlamçi ehtiyojlari qondirilganini aytadi. “Kafolatlangan soğliqni saqlaş tizimi, bepul maktab, yaşaş uçun maoş va arzon uy-joy töliq hal etilgan. Bu dasturlar juda yaxşi öylangan va samara ham beryapti. Şu narsalar baxtli bölişning asosiy poydevordir", – deydi u.
Finlandiyada ma’lum muddat yaşagan Washington Post muxbiri Kinsey Gidick ham Liisining fikrini qöllab-quvvatlagan. Uning kuzatuvlariga köra, finlar yaşaş uçun talab etiladigan birlamçi ehtiyojlar uçun qayğurmaydi.
“Finlarning yuzida kamtarona xotirjamlik bor”, – deb yozadi u.
Finlardek hayotdan xursand yaşaş haqida kitob yozgan Katja Pantza qiziq ma’lumotni keltiradi. Uning yozişiça, finlarning yuzida tabassum bölmasa ham, hayotidan butunlay qoniqayotgan bölişi mumkin, lekin buni bildirişmaydi. Ular jamiyat manfaatini birinçi öringa qöyişadi.
Fin madaniyatiga köra, baxtli bölsang, buni yaşirişing kerak. Va bu yerda boylik bilan maqtaniş madaniyatsizlik hisoblanadi.
Foto: iStock
46 yoşli fotograf Essi Ala-Kokko finlar oddiy narsalardan xursand bölib, öziga qoniqiş hosil qila olişga örganişganini aytadi.
“Juda muvaffaqiyatli martabaga ega bölişimiz yoki köp pulimiz bölişi şart emas. Örmonda sayr qiliş va döstlar bilan uçraşiş kabi hayotdagi oddiy narsalarni yaxşi köramiz”, – degan u.
Finlandiyadagi örta maktab direktori Joanna Ovaska mamlakatning baxtiyorlik körsatkiçida ayollarning jamiyatdagi roli katta deb hisoblaydi.
“Hukumatimizni kördingizmi? Bizda ayol boş vazir bor. U 36 yoşda. Yana törtta asosiy vazirimiz ham yoş ayollardir”, – degan u.
odamlar daromadsiz qolmasligini kafolatlovçi dasturlar;
ijtimoiy va tibbiy xizmatlarni kafolatlovçi dasturlar.
Daromad xavfsizligi dasturlari ham 2 toifaga bölinadi. Birinçisi – keksalik, kasallik, homiladorlik, işsizlik yoki iş jarayonida yetkazilgan jarohatlar uçun ijtimoiy suğurtadir.
Ikkinçisi – farovonlikni belgilaydigan daromad xavfsizligi bölib, bunga bolalar tölovlari, onalik nafaqalari, uruş qurbonlari va ularning tirik qolganlariga tölovlar, nogironlik yoki zaruriy ehtiyojlardan aziyat çekkanlarga moliyaviy yordam körsatiş kabilar kiradi.
Farzandli bölganlar uçun ota-onalik ta’tillari
Finlandiyada közi yorigan ayollarga bola uçun muhim bölgan 63 buyumni öz içiga olgan bolalar qutisi hadya qilinadi. Bu buyumlar bilan ota-ona bolasining 2-3 oylik bölguniça taglikdan boşqa narsa sotib olmaydi.
Sovğalardan taşqari, Finlandiya va boşqa Skandinaviya mamlakatlarida 10 oylik ota-onalar ta’tili beriladi. Buning 9 haftasi otaga beriladi.
Dastlabki 3 hafta davomida ota-ona ham uyda qoladi va qolgan vaqt çaqaloq 9 oylik bölgunga qadar ota-onalar örtasida taqsimlanadi. Ota-ona farzandi 3 yoşga tölgungaça işdan böşamagan holda uyda qolişi mumkin, albatta bu holatda ularda kamroq pul tölanadi.
Ayol yoki uning çaqaloği kasal bölib qolsa, qanday taşxis qöyilişidan qat’i nazar, davolaniş uçun oilani qiynab qöyadigan miqdordagi pul talab qilinmaydi.
Işçilar va işsizlarni qöllab-quvvatlaş
Hukumat, şuningdek, iş qidirayotganlarni doim qöllab-quvvatlaydi. Ular iş topgunlariça nafaqa olib turişadi.
Iş jarayonida xodim jarohatlansa, uning tibbiy va reabilitatsiya xarajatlari qoplanadi. Agar jarohatlar doimiy nogironlikka olib kelgan bölsa, işçi maoşining 85 foizi miqdorida haq olib turiş huquqiga ega. Dafn marosimi uçun ham nafaqa olişlari mumkin. Bular töliq iş beruvçi tomonidan moliyalaştiriladi.
Davlat odamlar hayotini osonlaştiradigan tizimlar yaratgan
Finlandiyada ham hayot mukammal emas. “Arman Pohjantahden alla” hujjatli filmi muallifi Toni Tikkanen Finlandiyada ham dunyoning boşqa mamlakatlaridagi kabi irqçilik, tengsizlik, zöravonlik, ruhiy tuşkunlik va öz joniga qasd qiliş holatlari yuz berişini aytadi. Biroq uning fikriça, Finlandiyani baxtli mamlakat qiladigan narsa – millat sifatida yaxşi tomonga özgariş uçun harakat qiliş va aholini kuçli qöllab-quvvatlaş tizimidir.
Xulosa qilib aytganda, aholi işsiz qolsa yoki biror jiddiy muammo bilan töqnaşsa, köçada qolmasligini, unga yordam körsatadigan jamiyat borligini his qilib yaşaydi. Finlandiyada odamlarning birlamçi ehtiyojlari qondirilgan, ular yaşab qoliş uçun kuraşmaydi, çunki hukumat yaratgan tizim odamlarning yaşaşini qiyinlaştiruvçi emas, aksinça osonlaştiruvçidir.