O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni oliy darajada erishilgan kelishuvlar rejasini ko‘rib chiqdi
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari va Saudiya Arabistoni elchisi oliy darajada erishilgan ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma harakatlar rejasini muhokama qildi.

Foto: Dunyo
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Saudiya Arabistoni elchisi Yusuf al-Utaybiy bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 17-18 avgust kunlari Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi chog‘ida tuzilgan shartnomalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar rejasi muhokama qilinib, oliy darajadagi tashrif doirasida energetika, bojxona, fuqaro aviatsiyasi, turizm, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, mehnat munosabatlari va boshqa sohalarda hamkorlik qilish yuzasidan hukumatlar va vazirliklar darajasida 15 ta hujjat imzolangani qayd etildi.
Ushbu tashrif chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish, O‘zbekiston bilan Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi BMT, IHT, Arab davlatlari ligasi va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar turli sohalardagi ikki tomonlama hamkorlik jihatlariga to‘xtalib o‘tdi.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Ispaniya qurilish va qishloq xo‘jaligi sohalariga o‘zbekistonlik mutaxassislarni jalb etadi
O‘zbekiston | 11:49
-
Remontada «Old Trafford»da bo‘ldi. «MYu» 7 daqiqada uchta gol urib yarimfinalga chiqdi
Sport | 11:41
-
Gurjiston chet elliklarni chiqarib yuborish tartibini soddalashtiradi
Jahon | 11:39
-
Harvard Growth Lab: Besh yil ichida O‘zbekiston iqtisodiy murakkablik reytingida 25 pog‘onaga ko‘tarildi
Iqtisodiyot | 11:09
Mavzuga oid

21:18 / 14.04.2025
Saudiya Arabistoni Suriyaning Jahon banki oldidagi qarzini to‘lab bermoqchi

10:00 / 14.04.2025
AQSh energetika vaziri neft arzonlashishini va’da qildi

03:47 / 26.03.2025
Zelenskiy AQShning Ukraina va Rossiya bilan kelishuv tafsilotlarini oshkor qildi

17:38 / 25.03.2025